Shaxsning bilish jara yonlari


 Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi



Yüklə 285,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü285,75 Kb.
#127537
1   2   3   4   5   6   7
2. Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi 
Diqqat va uning turlari, xususiyatlari. Diqqat - kishi 'faoliyati -ning barcha turlari, 
eng avvalo, mehnat va o'quv faoliyati samarador-ligining muhim va zarur sharti. Bilish 
jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo'naltirilgan 
shakldaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko'plab ta'sirlari orasidan kishi hamisha 
nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o'ylaydi. 
Ongning bu xossasini uning diqqat kabi xususiyati bilan o'zaro bogiiq, deb hisoblaydilar. 
Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi fabltigi darajasining 
oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo 'naltirilganligi va hir narsaga 
qaratilganligidir. 
Diqqatni ma'lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g'ayrat sarflash zarurati 
ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo'lganida, bilishga oid qiziqish 
susayganida va, shuningdek to'siqlar mavjud bo'lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon 
boiadi. 
Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat-ning ikkita asosiy tori 
mavjud: 
1) ixtiyorsiz diqqat; 
2) ixtiyoriy diqqat. 
Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda 
hosil boiadi va qoilab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo boiishi jismoniy, 
psixofiziologik va psixik omiliar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq 
keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega boigan qo'zg'atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni 


qo'zg'aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o'rni benihoya kattadir. Nimaiki 
qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo'lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to'planib 
turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo'nalganligiga ham bogiiqdir. 
11)Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina-digan diqqat-
e'tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil boiadi. Ixtiyoriy diqqat agar 
kishi faoliyati jarayonida o'z oldiga maium bir vazifa qo'ygan va harakat dasturini ongli 
tarzda ishlab chiqqan boisa yuz beradi. 
Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topadi. Ixtiyoriy 
diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning ke-chishini boshqarib turishdan iborat. 
Kishi aynan ana shot ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotira*-dan o'zi uchun 
zarur maiumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, to'g'ri qarorlar qabul qilishga, 
faoliyat jarayonida paydo bo'ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli boiadi. 
Diqqatni kuchli qo'zg'atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va bo'yoq, kuchli hid jalb 
etadi. 
Diqqatning taqsimlanishi ikki va undan ko'proq faoliyat turlari-ning (bir qancha 
harakatlarning) bir vaqtning o'zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bogiiq 
xususiyat. Diqqatning yuksak daraja-da taqsimlanishi - ko'pgina hozirgi zamon mehnat 
turlari muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Masalan, operatorlar, ko'plab 
dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilari va boshqalarning ishi ana shuni talab 
qiladi. 
Diqqatning ko'chishi maium obyektning bir faoliyatdan ikkinchi bir faoliyatga, bir 
obyektdan ikkinchi bir obyektga, bir harakatdan ikkinchi bir harakatga o'tishida namoyon 
boiadi. Diqqatning ko'chishi yo ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning talablariga 
yoki o'zgarib ketayotgan shart-sharoitlarga muvofiq tarzda yangi faoliyatga kirishish 
zaruratiga bogiiq boiadi. 
Faqat obyektlar va jarayonlar o'zgarib, faoliyat esa uzoq vaqt da-vomida 
o'zgarmasdan qolgan hollarda diqqatning barqarorligi doirasi-da uning ko'chishi yuz 
beradi. Bunday ko'chish uzoq davom etadigan ish paytida charchashning oldini oladi va 
shu bilan diqqatning barqarorligini oshiradi. Lekin bu tez-tez takrorlanavermasligi lozim, 
aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. Parishonxo-tirlik diqqatni uzoq 
vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez 
boiinib turishida namoyon boiishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko'rinishi ko'pincha 
ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlik-ning sabablaridan biri 
hisoblanadi. Parishonxotirlikni keltirib chiqa-ruvchi sabablar nimalardan iborat? 
Parishonxotirlik shaxsning barqa-ror xislati sifatida ixtiyoriy diqqat sustligining 
ko'rsatkichi hisoblanadi va u noto'g'ri tarbiya natijasida boiishi mumkin. Bunday pari 
shonxotirlikka qarshi, avvalo, shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan-tirish yo'Ii bilan 
kurash olib borish kerak. 


Tevarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, hidlar va harorat
miqdor va ko'plab boshqa* narsalar to'g'risida biz sezgi organlari tufayli bilamiz. Kishi 
sezgi a'zolari yordamida tashqi va ichki muhitning holati haqida rang-barang axborot olib 
turadi. 

Yüklə 285,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin