Shaxsning bilish jara yonlari



Yüklə 285,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü285,75 Kb.
#127537
1   2   3   4   5   6   7
Sezgi haqida tushuncha. Sezgi oddiy psixik jarayon bo'lib, u moddiy olamdagi narsa 
va hodisalarning ayrim xususiyatlari aksidan, shuningdek moddiy qo'zg'atuvchilar tegishli 
retseptorlarga bevosita ta'sir etgan miqdorda organizmda hosil bo'ladigan ichki holatlardan 
tarkib topadi. Materiya sezgi organlarimizga ta'sir etib sezgi hosil qiladi. Sezgi a'zolari 
axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. 
Sezgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan ya-gona yo'lidir. Sezgilar 
mohiyatiga ko'ra obyektiv olamning subyektiv obrazidir. Lekin sezgilarning hosil boiishi 
uchun organizm moddiy qo'zg'atuvchining tegishli ta'siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki 
organizmningo'zi ham qandaydir ish bajarishi lozim. 
Kishining hayoti va faoliyatida sezgilarning ahamiyati juda katta, negaki, ular bizning 
olam haqidagi va o'zimiz to'g'rimizdagi bilimla-rimiz manbai hisoblanadi. Inson tevarak 
atrofdagi olam haqida ha-misha axborot olib turishi kerak. 
Sezgilarning Arastu tomonidan alohida ajratib ko'rsatilgan turlari mavjud: 
1) ko'rish; 
2) eshitish; 
3) hid bilish; 
4) badanning tegishi orqali sezish; 
5) ta'm bilish. 
Sezgilar ma'lum bir qo'zg'atuvchining muayyan retseptorga ta'si-ri natijasida hosil 
boigani uchun ham sezgilarning tasnifi ularni hosil qiladigan qo'zg'atuvchilarning va ana 
shu qo'zg'atuvchilar ta'sir qiladigan retseptorlarning xususiyatlariga asoslanadi. 
12)Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan o'rniga qa-rab sezgilar
odatda, uch guruhga ajratiladi: 
1) tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda 
tananing yuzasida retseptorlari bo'lgan ekstrotsep-tiv sezgilar; 
2) tananing ichki a'zolarida va to'qimalarida 'joylashgan hamda ichki a'zolarning 
holatini aks ettiradigan retseptorlarga ega bo'lgan interotseptiv sezgilar; 
3) retseptorlari mushaklarda va paylarda o'rnashgan propriotsep-tiv sezgilar; ular 
gavdamizning harakati va hblati haqida axborot berib turadi. 
Ekstrotseptivlarni ikki guruhga - aloqa bog'laydigan kontakt va distant retseptorlarga 
ajratamiz. Aloqa bog'laydigan reseptorlar ularga ta'sir qiladigan obyektlar bilan bevosita 
aloqa bog'lagan paytda qo'zg'aydi; badanning tegishi orqali sezish, ta'm bilish retseptorlari 
shular jumlasidandir. Distant reseptorlar uzoqdagi obyektdan keladigan qo'zg'atishdan 
ta'sirlanadi; distant retseptorlarga ko'rish, eshitish, hid bilish retseptorlari kiradi. 
Sezgilar muayyan payt davomida retseptorga ta'sir o'tkazayotgan qo'zg'atuvchining 


o'ziga xos quvvatining asab jarayonlari quvvatiga aylanishi natijasida hosil bo'ladi. Sezgi 
a'zolari faqat moslashuvchan-lik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki 
axborot olish jarayonlarida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan mustahkam 
bog'langan. 
Sezgi asab tizimining u yoki bu qo'zg'atuvchidan ta'sirlanuvchi reaksiyalari tarzida 
hosil bo'ladi va har qanday psixik hodisa kabi refiektorlik xususiyatiga egadir. 
Analizator uch qismdan tarkib topadi: 
1) 
tashqi 
quvvatni 
asab 
jarayoniga 
o'tkazadigan 
maxsus 
trans- 
formator hisoblangan periferik bo'limi (retseptor); 
2) 
analizatorning 
periferik 
boiimini 
markaziy 
analizator 
bilan 
bog'laydigan 
yoilarni 
ochadigan 
afferent 
(markazga 
intiluvchi) 
va 
efferent (markazdan qochuvchi) asablar; 
3) 
analizatorning 
periferik 
bo'limlaridan 
keladigan 
asab 
signallari- 
ning 
qayta 
ishlanishi 
sodir 
bo'ladigan 
qobiq 
osti 
va 
qobiq 
(miyaning 
o'zi bilan tugaydigan) bo'limi ri. 
13)Har bir analizatorlarning qobiq bo'limida retseptor hujayralarning asosiy qismi 
jamlangan o'zak, ya'ni markaziy qism va qobiqning turli 
joylarida u yoki bu miqdorda o'rnashgan tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan 
tashqi qismi bo'ladi. 
Analizator asab jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo'li rnanbai va eng 
muhirn qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta'sirotni miyaga olib boruvchi 
asab yoilari va effektor-dan tarkib topgandir. 
Shunday qilib, sensor (emotsional) va motor (harakat) qismlarning uyg'unlashuvi 
tufayli sensor (analizator) apparat reseptor ta'sir qilayotgan qo'zg'atuvchilarning obyektiv 
xususiyatlarini aynan aks ettiradi va shularning xususiyatlariga o'xshab qoladi. 

Yüklə 285,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin