Shaxsning bilish jara yonlari



Yüklə 285,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü285,75 Kb.
#127537
1   2   3   4   5   6   7
Adaptatsiya yoxud moslashuv sezgi organlari sezgirligining qo'zg'atuvchi ta'siri 
ostida o'zgarishi demakdir. 
Bu hodisaning uch xil turini alohida ko'rsatish mumkin: 
- qo'zg'atuvchining uzoq muddat davomida ta'sir etishi jara-yonida sezgining 
tamomila yo'qolib qolishiga o'xshaydi. Doimiy qo'zg'atuvchilar ta'sir qilgan taqdirda, sezgi 
yo'qolib qolish xu-susiyatiga ega. Masalan, terming ustiga qo'yilgan yengilgina yuk tez-
dayoq sezilmaydigan bo'lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof muhitga yoqimsiz hid 
yoyilganidan keyin ko'p o'tmay batamom yo'qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir; 
-adaptatsiya kuchli qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgining zaiflashib qolishidir. 
Masalan: sovuq qo'zg'atuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo'lni sovuq suvga 
solganda susayadi. Biz yarim qorong'i xonadan yaxshi yoritilgan joyga chiqqanimizda, 
oldiniga ko'zlarimiz qamashadi va tevarak atrofdagi biron-bir narsaning farqi-ga yeta 
olmaydigan bo'lib qolamiz, bir muncha vaqt o'tgandan keyin esa ko'rish analizatorlarining 
sezuvchanligi keskin susayib, biz odatdagidek ko'ra boshlaymiz; 


-kuchsiz qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgirlikning ortishi ham adaptatsiya deb 
ataladi. 
Analizator sezuvchanligining boshqa sezgi a'zolarining qo'z-g'alishi ta'siri ostida 
o'zgarishi sezgilarning o'zaro munosabati deb ataladi. Sezgilarning o'zaro munosabati 
xuddi adaptatsiya kabi ikkita bir-biriga qarama-qarshi jarayonda: sezuvchanlikning ortishi 
va pasayishida namoyon bo'ladi. Bu o'rinda umumiy qonuniyat shundan iboratki, 
analizatorning o'zaro munosabatlarida kuchsizlari analizator-larning sezuvchanligini 
oshiradi, kuchlilari esa susaytiradi. 
Analizatorlar o'zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezuvchanlikning ortishi 
sensihilizatsiya deb ataladi. Sezgi a'zolari sezuvchanligining o'zgarish qonuniyatlarini 
bilgan holda maxsus tanlangan qo'shimcha qo'zg'atuvchilarni qo'llanish yo'li bilan u yoki 
bu retseptorni sensibiilashtirish, ya'ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin. 
Sensibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. 
Sezgilarning o'zaro munosabati sinesteziya deb atalmish yana bir hodisada namoyon 
bo'ladi. Sinesteziya bir analizatorning qo'zg'alishi ta'siri ostida boshqa analizatorga xos 
sezgining hosil bo'lishidir. Sinesteziya sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi. 
Idrok va uning xmusiyatlarl Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor 
psixik jarayon bo'lib hisoblanganligi sababli, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, 
xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko'nikmalar bir 
davrning o'zida namoyon bo'ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. 
Narsalar yoki hodisalarning sezgi a 'zolariga bevosita ta 'sir qilish jarayonida kishi 
ongida aks etishi idrok deb ataladi. 
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsalar 
va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. 
Qo'zg'atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o'laroq, idrok 
narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok 
alohida sezgilar yig'indisi-dan iborat tarzda emas, balki emotsional bilishning o'ziga xos 
belgi-lari bilan sifat jihatidan yuqori bosqich sifatida tasawur qilinadi. 
Sezgilardan farqli o'laroq, idrokda narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari 
bilan birgalikda aks etadi. Idrokning muhim xususiyatlari quyidagilar: 
- predmetlilik; 
- yaxlitlilik; 
- strukturalilik; 
- barqarorlik; 
- anglanilganlik. 
Idrokning predmetliligi obyektivlashtirish hodisasi deb ataladigan hodisa bo'lib, 
tashqi dunyodan olinadigan axborotning o'sha dunyoga mansubligmi ifoda etadi. 
Predmetlilik idrokning belgisi sifatida xatti 
harakatni 
boshqarishda 
alohida 
o'rin 
tutadi. 
Odatda, 
biz 
narsalarni 


ularning 
ko'rinishiga 
qarab 
emas, 
balki 
ularni 
amaliyotda 
qay 
tarzda 
ishlatishimizga 
muvofiq 
holda 
yoki 
ularning 
asosiy 
xususiyatlariga 
qarab baholaymiz. 

Yüklə 285,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin