holat degan ma'noni anglatadi) muayyan hodi-salarni aks ettirishda ishtirok etadi,
in'ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo'lishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot beradi.
Ular jahon psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya (lotincha hallucinftio - alahlash,
bosinqirash, valdirash, ya'ni yo'q narsalarning ko'rinishi, eshitilishi, sezilishi),
illuziya
(lotincha illusio - xato, adashish, yanglishish degan ma'noni bildiradi), attraksiya (frans.
attraction - o'ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma'nosini beradi), yaqqol ko'rinish
(ruscha yasnovideniye - yaqqol oldindan ko'rish, yaqqol g'oyibdan xabar olish)
tushunchalari orqali nomlanadi.
Idrokning muhim jihatlaridan biri unga xos belgilarning turli jabhalar,
vaziyatlar va
sharoitlarda namoyon boiishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri faol ravishda
bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati
uning o'zlashtirgan bilimlari, to'plagan tajribalari, shuningdek murakkab analitik,
sintetik
harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo'lgan o'quv fani
mohiyatiga bogiiq ilmiy faraz yaratish* uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish,
yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o'zaro mosligini aniqlash singari
bosqichma-bosqich o'zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardaniboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarni
aks ettirishidir. Ma'lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko'p qirrali, ko'p yoqlama
alomatlarni idrok qilish bilan
cheklanib qolmasdan, balki o'sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: