Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Uzluksiz ta'lim konsepsiyasi - kadrlar tayyorlash tizimining-asosi. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi shaxsning jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha.
Uzluksiz ta'llm — milliy modelning asosiy qismi bo'lib, quyidagi turlarni o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta' iim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; mak-tabdan tashqari ta'lim.
Uzluksiz ta'lim — malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari, DTSni, kadrlar tayyorlash tuzilmasini va uning faoliyat ko'rsatish tizimini o'z ichiga oladi. O'zaro mantiqiy izchillik asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir-birini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta'lim tizimi.
4.4. Ta'lim paradigmalari
Paradigma - (yunoncha paradigma - namuna, o'rnak ma'nolarini anglatadi) - ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, tug'ilish nazariyasiga tegishli muammolarni aksariyat hollarda differensial tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali'hal qilinadi yoki talaba-yoshlarni mustaqillik fuhida tarbiyalash milliy g'oyalar asosida hal etiladi va hokazo.