Didaktik ta’minot deganda ma’lum bir qonuniyat, tamoyillar va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga asoslanadigan shaxsga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar tushuniladi.
Didaktik ta’minot deganda shaxsning axboriy madaniyatini shakllantirish uchun didaktika, psixologiya, ergonomika, informatika va boshqa fan sohalarining muvafaqqiyatlariga asoslangan holda tashkil etilgan o’quv-uslubiy majmua tushuniladi.
Didaktik ta’minotning muhim xususiyatlari
Didaktik ta’minot quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi:
1) nazorat topshiriqlari, test savollari bankining mavjudligi;
2) o’quv fani bo’yicha didaktik materiallarning mavjudligi: audio-video materiallar, kompьyuter dasturlari, jadval, slaydlar, tarqatma materiallar.
3) referat ishlari mavzulari.
Didaktik ta’minot o’quv kursini o’zlashtirish uchun axborotlarning to’liqligi va yetarli hajmda bo’lishi, pedagog va talabalarning birgalikdagi intellektual-emotsional o’zaro harakati mazmuni va usullarining variativligi, interfaollik, dialoglik, muammolilik, amaliy yo’naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan axborotlarning originalligi va tartibga solinganligi bilan xarakterlanadi. U ta’lim oluvchining axborotlarni o’zlashtirish jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va korrektsiyalash maqsadida foydalaniladi va ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish va o’z-o’zini rivojlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Didaktik va metodik ta’minotning qiyosiy tahlili
Tushun-chalar
|
Didaktik ta’minot
|
Metodik ta’minot
|
Mazmun
|
O’zaro aloqador xilma-xil o’quv axborotlari majmui
|
Maxsus ishlab chiqilgan va qo’llaniladigan o’quv-uslubiy majmua
|
Maqsad
|
O’qituvchi va talabalar o’rtasida faol axborot almashishga doir o’zaro harakatni tashkil etish uchun sharoit yaratish
|
Pedagogik faoliyatni doimiy takomillashtirib borish uchun sharoit yaratish
|
Funktsiya
|
Tashkiliy, ta’limiy, nazorat va kommunikativ
|
Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotda qo’llash, umumlashtirish va translyatsiya, kundalik metodik yordam
|
Tuzilishi
|
O’quv dasturlari, o’quv-metodik nashrlar, didaktik materiallar, o’qitish vositalari
|
O’quv dasturlari, ma’ruza matnlari, ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ta’lim ishlanmalari, nazorat va baholash uchun topshiriqlar, fanni o’qitishga doir tashkiliy ko’rsatmalar
|
B.Blum barcha o’quvchilar faqat o’zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o’qishlari mumkin deb hisoblaydi. O’quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o’quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga bo’lgan cheklashlar olib tashlanganda o’quv kursining butun mazmunini o’zlashtirib olishga qodir. Ana shu nuqtai nazardan o’quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o’zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi
Dostları ilə paylaş: |