Tarbiya tamoyillari- tarbiyachining tarbiya jarayonida asoslanishi va rioya qilishi lozim bo’lgan asosiy qoidalardir.
Milliy tarbiya tamoyillari:
Tarbiyaning yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga yunaltirilganligi.
Tarbiyani mehnat bilan bog’lash
Tarbiyaning maqsadga yunaltiril- ganligi va g’oyaviyligi.
Tarbiyalanuvchi shaxsini xurmat qilish
Tarbiyada demokratik va inson- parvarlik g’oyalarning ustunligi
Tarbiyada o’quvchining yosh va
individual xususiyatlarini
hisobga olish
Tarbiyada milliy va umumbasha riy kadriyatlarning ustunligi
Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash
Tarbiyada izchillik va tizimlilik
Tarbiyada o’quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib salbiy tomonlarni yuqotish
Tarbiyani ijtimoiy xayot bilan
qo’shib olib borish
Tarbiyada xududiy xususiyatlarini inobatga olish
TARBIYА PRINTSIPLARI Har bir ishning o’ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo’lganidek, bola tarbiyasining ham o’ziga
xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo’lishini
ta’minlaydi.
Bugungi kunda tarbiyaning quyidagi printsiplari farqlanmoqda:
- tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O’zbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yo’lida qilinayotgan fidoyi ishlar bilan bog’lanish;
- shaxsni jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
- tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
- tarbiyada o’quvchilarningyoshi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Quyida tarbiya jarayonining tamoillarini ko’rib chiqamiz.
Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi printsipi.
Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan - barkamol inson shaxsini tarbiyalashdir.
O’qituvchilar jamoasi va har bir o’qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o’quvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.