Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


TARBIYАDA O’QUVCHILARNING YОSHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLISH PRINSIPI



Yüklə 99,23 Kb.
səhifə7/16
tarix28.05.2022
ölçüsü99,23 Kb.
#116349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

TARBIYАDA O’QUVCHILARNING YОSHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLISH PRINSIPI
Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini bolalik, o’smirlik, o’spirinlik pallalarini bosib o’tadilar. SHu davrlar ichida ular hayot, inson va tabiat, umuman atrofimizni o’rab olgan dunyo haqida aniq bilimlarga ega bo’ladilar. Ularnig axloqi ham o’zgarib boradi. SHu yillar ichida bolaning axloqiy tuyg’ulari rivojlanadi, ongi bilan xulqi o’rtasida uyg’unlik vujudga keladi, xarakteri tarkib topadi, o’z xulqi va xatti-harakatlarini ehtiyojga va sharoitga muvofiqlashtirishga intilish odatlari tarbiyalanadi.
Bolalarning yoshi rivojlanish darajasiga ko’ra ularga beriladigan tarbiyaning mazmuni, pedagogik rahbarlikning xarakteri ham o’zgarib boradi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabdagi o’z asosiy vazifalarini: o’zini maktabda, uyda, ko’chada qanday tutish qoidalarini bilib oladilar. Bunday odatlar ularga namuna ko’rsatish, tushuntirish yo’li bilan singdiriladi.
Bolalarning yoshi ulg’aygan sari ularga talab ham orta boradi. SHu tufayli o’rta va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mustaqilligiga suyanib ish ko’rish yaxshi natija beradi. Tarbiyada bolalarning kuchi va imkoniyatlarini tola ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga ortiqcha baho berib yuborish ham yaramaydi.
Tarbiya berishda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan tashqari, har qaysi bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish ham katta ahamiyatga ega. Bolalarning yoshi, bo’yi bir xil bo’lsa-da, ularnig mijozi, fazilatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari har xil bo’ladi. Bu farqlar bolalarning xulqida, o’qish va mehnatida aks etadi.
Bir o’quvchiga nisbatan muvofiq bo’lgan tarbiya uslubini boshqa bir o’quvchiga nisbatan qo’llaganda u kutilgan natijani bermasligi mumkin. Sinfdagi o’quvchilarning ba’zilariga oddiy tanbehning o’ziyoq samarali ta’sir ko’rsatadi, ammo boshqa o’quvchilarga tanbeh berishning o’zi kifoya qilmaydi. Ba’zi bir o’quvchi ayrim axloqiy fazilatlarni tezda uqib oladi va unga amal qiladi, ikkinchisi esa unga amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu xil sifatlarni o’zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar.
Ayrim o’quvchilar o’zlarining faolliklari, saranjom-sarishtaligi, intizomliligi, fahm-farosati bilan o’qituvchi va bolalar jamoasining ishonchi va hurmatiga sazovor bo’ladilar, boshqalari esa intizomsizligi, pala-partishligi, betgachoparligi, bema’ni qiliqlari bilan tezda «tanilib» qoladilar. Demak, har bir o’quvchining qobiliyati, qiziqishi, his-tuyg’ulari, kuchli va zaif jihatlarini aniqlab, tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga olish tarbiyani to’g’ri yoiga qo’yish imkoniyatini beradi.


Yüklə 99,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin