Shaxtali pechlarning asosiy tasnifi



Yüklə 493,54 Kb.
səhifə2/2
tarix10.11.2023
ölçüsü493,54 Kb.
#131576
1   2
Ma’ruza ¹36 Shaxtali pechlarning asosiy tasnifi, issiqlik massal

Shaxtali pechlar
Misli, nikelli va qo‘rg‘oshinli ruda va konsentralarni eritish uchun shaxtali pechlarning tuzilishi 36.1-36.2 – rasmlarda ko‘rsatilgan.
Pech leshadi po‘lat va cho‘yan plitalardan iborat bo‘lib, ichkarisidan magnezitli yoki xrommagnezitli g‘ishtlar bilan futerovkalangan.
Ichki gorn pech shaxtasining pastki qismida joylashgan va odatda tashqi tarafi kessonlar va metallik plitalar bilan o‘ralgan magnezitli kladkadan iborat bo‘ladi.
Pech shaxtasi alohida suv bilan sovitiluvchi kessonlardan yig‘iladi va ular boltlar yordamida bir-biriga ibir joyda ushlab turuvchi maxsus mustahkamlagich bilan bitta bubut holatda ulanadi. Kessonlarning pastki qismida pechga havo uzatish uchun furma tirqishlari mavjud.
Koloshnik ustidagi qurilma maxsus ustun va balkalarga mustahkamlangan metallik karkasni shamotli g‘isht bilan terilgan.yu shaxtali pech bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilmadan iborat. Koloshnikli shater yuqori qismiga gaz chiqaruvchi quvurlar tutashgan. Ba’zan koloshnik ustidagi qurilma suvli yoki havo bilan sovitiluvchi hech qanday futerovkasiz metalldan bo‘lishi mumkin.
Shaxtali pechlar kessonlarini mustahkamlash qurilmasi pechni belbog‘ ko‘rinishida o‘rab olgan ko‘ndalang balkalarga tiralgan rasporli balkalardan yoki aylanali havo quvuridan iborat.
Suv uzatish tizimi har bir kessonga tarmoqlab keltirilgan suv quvuri bilan hamda pech kessonlar patrubkalaridan qaytib chiqqan issiq suvni ochiq jeloblar bilan ifodalanadi.
Havo uzatish quvuri tizimi aylanali havo quvurlari orqali har bir furmaga havo keltiruvchi ko‘p sonli furmalar quvurlaridan iborat. Furmalar shaxta balandligi bo‘ylab joylashgan bir yoki ikkita gorizontal qatordan iborat.
Shixta pechga odatda koloshnikli shater uzun devorlari oynasi orqali yuklanadi va faqat mis-oltingugurtli eritish pechlarida yuklash uchun konusli voronkalar qo‘llanilib, bunda koloshnikli qurilmani germetikligni ta’minlanadi. Koloshnikning germetikligi saqlash oksidlangan nikelli rudalarni qayta ishlovchi shaxtali pechda ham ko‘zda tutilgan.

1-rasm. Misli va misnikelli ruda va konsentratlarni yarimpiritli eritish uchun shaxtali pech
Eritish mahsulotlari ichki gornda joylashgan devorlardagi teshik orqali chiqariladi, qo‘rg‘oshin erituvchi pechlarda verkbley sifon orqali ichki gorndan chiqariladi.
Shteyn va shlak ajratish uchun hizmat qiluvchi oldingi gorn dumaloq yoki oval shakldagi vanna ko‘rinishida bo‘lib, magnezitli va shamotli g‘ishlar bilan futerovkalangan va tashqi tomondan temir kojux va balkalar bilan mustahkamlangan.

2-rasm. Mis-oltingugurtli eritish uchun germetik koloshnikli shaxtali pech:
а – koʻndalang kesim; b – yon tomondan koʻrinishi
Yüklə 493,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin