She’riyat va saltanat tojdori



Yüklə 22,35 Kb.
səhifə4/4
tarix14.02.2022
ölçüsü22,35 Kb.
#114374
1   2   3   4
NAVOIY

Eson Davlat begim:

–         Amirzodam, Shayboniyxon sulh taklif qilib odam yubormish. (Qo’lidagi buklangan zarhal hoshiyali maktubini Boburga uzatadi.)



Qutlug’ NIgorxonim:

– Nufuzli bir darvesh noma kelturmish. Noma aslida Xonzoda begimning nomlariga kelmishdir.



Bobur: – Ajabo!

Eson Davlat begim: – Amirzodam, Shayboniyxon Xonzoda begimga g’oyibona oshiq bo’lmish.

Bobur nomadagi ushbu satrlarga ko’z yugurtirgandan so’ng maktubni gilam ustiga otdi.

Sifatingni eshitib zor o’ldim

Ishqing ilkiga griftor o’ldim.

Eson Davlat begim:

Amirzodam, boshqa vaqt bo’lsa dushanimizning bu nomasini o’qishga ham hazar qilur edik.  Lekin hozir jonimiz qil ustida. Men-ku yoshimni yashab, oshimni oshaganman, besh kun oldinmi, keyinmi, bari bir keturmen. Lekin siz farzandimning yolg’iz o’g’li, ko’zimizning oq-u qorasi.



Bobur:

-Men ham taqdirimda borini ko’rurmen. Nasib qilsa yov halqasini yorib chiqurmiz.(onasiga qarab) Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku. Shunday jigarbandingizni qaysi vijdon bilan o’tga solurmiz.

Qutlug’ NIgorxonim(yig’lab):

Xudo mening boshimga bu qora kunlarni solguncha jonimni olsa bo’lmasmidi.



Bobur:

Nahotki, Xonzoda begim bunga rozi bo’lsa.



Qosimbek:

–         Ha, amirzodam.



Bobur:

–         Xonzoda begimni chorlang. (Bobur onasi va buvisiga qarab) meni mazur tutingiz, begim bilan tanho so’zlashmoqchiman. (Qolganlar sahnani tark etadilar.)



Qosimbek:

–         Egachimni chorlang.



(Boburning qarshisiga Xonzoda begim o’tiradi.)

–         Begim, Shayboniyxon taklifiga mening mag’lubiyatim tufayli rozi bo’lganingizni bilurmen.

–         Rizo bo’lmay ne ilojim bor.

–         Lekin iningiz hali tirik, kunim bitgan bo’lsa, ilkimda qilich bian jon berurmen. Ana undan keyin rizolik bersangiz mayli. Unda hech kim “o’zi omon qolib egachisini qurbon qildi” deyolmas. Menga  bunday malomatdan o’lim afzal. Rizo bo’lmang.



Xonzoda(yig’lab):

–         Men sizning ulug’ istiqbolingizga ishonamen.  Sizdek nodir iste’dod egasi dunyoga kam kelishini boshqalar bilmasa ham men bilurmen. O’zingizni ehtiyot qiling. Taqdiringizni tolei past egachingizning taqdiri bilan tenglashtirmang (Ho’ngrab yig’lab yuboradi).



–         Bir onadan tug’ilganmiz, endi taqdirimizga neki bo’lsa, birga ko’rurmiz. Bizdan ajralmang. Tunda yov qal’asiga hamla qilurmiz. Tayyor turing.

Xonzoda begim yig’lab sahnani tark etadi.

Ikkiinchi guruh esa Bobur hayotining oxirgi kunlari va uning vasiyatlari berilgan “Yulduzli tunlar”dan olingan parchani ijro etishlari mumkin.

V shart.WQE

Guruhlar Bobur hayoti va ijodi bo’yicha tayyorlangan krossvordni ishlashadi.

Kecha oxirida bajarilgan shartlarga qo’yilgan ballar jamlanadi va g’olib guruh e’lon qilinadi. G’olib guruhga rag’bat tariqasida Z.M.Boburning “Boburnoma” asari, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari va maktab ma’muriyati tomonidan har ikki guruhga faxriy yorliqlar topshiriladi.

Badiiy kecha “Tanovar” raqsi bilan yakunlanadi.

qWQSWESQASSSSSSSSSSSSSSSSSSA
Yüklə 22,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin