" Kamalak "
sardori
"Ta'lim"
yo‘nalishi sardori
"Madaniyat" yo‘nalishi sardori
"Imkon"
yo‘nalishi sardori
"Matbuot va media" yo'nalishi sardori
"Sport"
yo'nalishi sardori
"Ekologiya “ yo'nalishi sardori
Maktab “Kamalak” sardorining vazifalari.
1 – 7-sinflarda boshlang’ich tashkilot faoliyati samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, 1 – 7-sinflar sardorlar kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, o’z tizimidagi sardorlar faoliyatiga uslubiy ko’mak ko’rsatadi, taklif-tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajaradi. O’z tizimidagi sardorlar faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Yurist konsulьtning vazifalari.
Sardorlar kengashining ish rejasidagi tadbirlarni muvofiqlashtiradi, yig’ilishlarni tashkillashtiradi va qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi, sardorlar kengashi a’zolari yuritayotgan hujjatlarni nazorat qiladi va tartibga soladi, siyosiy-huquqiy savodxonlik yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
O’quv bo’limi sardorining vazifalari.
O’quv reydlarini amalga oshiradi, “Kamalak” sardori bilan birgalikda turli xil bayram, ko’rik-tanlov, viktorina, musobaqa va shoular stsenariylarini tuzadi, tashkiliy bo’lim va iste’dodli yoshlar yo’nalishi sardori bilan birgalikda tadbirlarni uyushtiradi, monitoring ishlarini olib boradi, maktab o’quvchilarining kundaligini nazorat qiladi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
Matbuot bo’limi sardorining vazifalari.
“Kamalak” bolalar tashkiloti burchagi va uni muntazam ravishda boyitib borilishiga shaxsan javob beradi, sardorlar kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ta’minlaydi, doimiy ravishda turli rasmlar ko’rgazmasi va devoriy gazetalar tanlovlarini uyushtiradi, tashkilot tomonidan o’tkazilayotgan har bir ko’rik-tanlov, bayram va kechalarda tadbirlar zalini jihozlaydi, 1 – 7-sinflarda “Kamalak” burchaklarini tashkil etadi, press-klub sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
Tashkiliy bo’lim sardorining vazifalari.
“Kamalak” sardori bilan birgalikda turli bayram, ko’rik-tanlov, viktorina, musobaqa va shoular o’tkazadi, tashkilotdagi barcha tadbirlarni yuqori saviyada o’tishini ta’minlaydi, iste’dodli yoshlar yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
Mehnat bo’limi sardorining vazifalari.
“Ekosan” klubi sardori bilan hamkorlikda turli xil tadbirlarni amalga oshiradi, haftaning har shanba kuni hasharlar uyushtiradi, salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib boriladigan ishlar yuzasidan hisobot berib boradi.
“Etakchi” klubi sardorining vazifalari.
O’quvchilarni “Kamalak” bolalar tashkilotiga tayyorlaydi, otaliqqa olingan sinflarda turli bayram va tadbirlarni uyushtiradi, proferentatsiya ishlarini olib boradi, ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ishlar yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
“Ekosan” klubi sardorining vazifalari.
Mehnat bo’limi sardori bilan hamkorlikda muntazam ravishda hasharlar o’tkazadi, “Eng yaxshi ko’kalamzorlashtirilgan bog’” mavzuida tanlov, ekibanalar ko’rik-tanlovini o’tkazadi, salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
“Mehr-shafqat” klubi sardorining vazifalari.
Xonadonlarda istiqomat qilayotgan qariyalar ro’yxatini tuzadi, tashkiliy bo’lim va ijtimoiy himoya yo’nalishi sardorlari bilan birgalikda qariyalar uchun turli xil bayram kechalarini tashkil etadi, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli tadbirlar uyushtiradi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
Dostları ilə paylaş: |