for i := 1 to 10 do a[i]:= 0;
1.2. Massivlarni chiqarish Massivlarni chiqarish deganda massiv elemtnlarining qiymatini ekranga (muloqot oynasiga) chiqarish tushuniladi.
Agar dasturda massivning barcha elementlari qiymatini chiqarish kerak bo’lsa, u holda for buyrug’idan foydalanish qulay. Bunda for buyrug’ining hisoblagichini massivning indeksi sifatida qo’llash mumkin.
Misol sifatida 3.1-rasmda massiv elementlarining qiymatilarini belgilar maydoniga chiqarish dasturining muloqot oynasi keltirilgan. Dastur futbol jamoalarining nomerlangan ro’yxatini chiqaradi. Jamoalarning ro’yhati chindan ham ro’yhat ko’rinishida chiqishi uchun Label1.AutoSize hususiyatiga False qiymatini yuklash kerak. 3.1-listingda dasturning matni keltirilgan.
3.1-rasm. 3.1-Listing unit outar_;
interface uses Windows, Messages, SysUtils, Variants,
Classes, Graphics, Controls, Forms,
Dialogs, StdCtrls;
type TForm1 = class(TForm)
Button1: TButton;
Label1: TLabel;
procedure ButtonlClick(Sender: TObject);
private { Private declarations } public
{ Public declarations } end;
var Form1: TForm1;
implementation ($R *.dfm}
const NT = 5;
var team:array[1..NT] of string[10] = ('Navbaxor','Neftchi','Paxtakor','Lokomotiv','Traktor');
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var st:string;
i:integer; // Massiv elemantining raqami
begin
for i:=1 to NT do st:=st+IntToStr(i)+' '+team[i]+#13;
// Ro'yhatni chiqarish
Label1.Caption := st;
end; end. 1.3. Massivni kiritish Massivni kiritish deganda dastur ishlagan vaqtda massiv elementlarining qiymatini foydalanuvchidan (yoki fayldan) qabul qilish tushuniladi.
Massiv elementlarining qiymatini kiritish uchun kiritish maydonlaridan (EDIT) foydalansa bo’ladi. Biroq etarlicha katta massivlarni kiritish uchun bu usul qulay emas. Faraz qiling, formaga o’nlab taxrirlash maydonlari qo’yilgan bo’lsa.
Ma’lumki, sonlar ketma-ketligini har bir son alohidadan katakda joylashgan jadval qatorlariga kiritish qulay (Xuddi Excel kabi). Quyida StringGrid И Memo komponentlaridan foydalanib massiv qiymatlarini kiritishning ikki xil usulini ko’rib chiqamiz.