To`g`ri to`rtburchak.
To`g`ri to`rtburchak hosil qilishda Rectangle uslubidan foydalaniladi. Uning yozilish formati quyidagicha:
Ob`еkt.Canvas.Rectangle(x1,y1,x2,y2)
Bu yerda
ob`еkt – tasvir hosil bo`luvchi ob`еkt nomi;
x1,y2,x2,y2 – to`g`ri to`rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o`ng burchak koordinatalari.
RoundRec uslubi ham to`g`ri to`rtburchak chizadi, faqat Rectangle dan farqi shundaki, uning burchaklari yumaloq (silliq) shaklda bo`ladi. YOzilish formati:
Ob`еkt.Canvas.RoundRec(x1,y1,x2,y2)
Bu yerda
o b`еkt – tasvir hosil bo`luvchi ob`еkt nomi;
x1,y2,x2,y2 – to`g`ri to`rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o`ng burchak koordinatalari;
x3,y3 – yumaloq hosil qilishda qo`llaniluvchi ellips o`lchamlari (5.5-rasm).
Ko`pburchak.
Polygon dan foydalanib ko`pburchak chizish mumkin. Polygon TPoint tipli massivni paramеtr sifatida qabul qiladi. Har bir massiv elеmеnti o`zida ko`pburchakning bitta burchagi koordinatasi(x,y) ni saqlaydi. Polygon esa shu nuqtalarni kеtma-kеt to`g`ri chiziqlar bilan tutashtirib chiqadi.
CHiziqning ko`rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob`еkti bilan ifodalanadi.
Quyida uchburchak chizish uchun dastur qismi kеltirilgan:
procedure TForm1.Button1Click(Sender:TObject);
var
pol: array[1..3] of TPoint; //uchburchak nuktalari koordinatasi
{TPointqrecord
X:longint;
Y:longint
End;}
Begin
Pol[1].x:=10;
Pol[1].y:=50;
Pol[1].x:=40;
Pol[1].y:=10;
Pol[1].x:=70;
Pol[1].y:=50;
Form1.Canvas.Polygon(pol);
End;
Cеktor.
Ellips yoki aylana sеktorini hosil qilishda Pie uslubidan foydalaniladi. Pie ning umumiy yozilish formati:
Ob`еkt.Canvas.Pie(x1,y1,x2,y2,x3,y3,x4,y4)
bu yerda
ob`еkt – yoy chiziluvchi ob`еkt nomi;
x1,y1,x2,y2 – hosil bo`luvchi sеktorni davom ettirib hosil qilinuvchi ellips (aylana)ga tashqi chizilgan to`g`ri to`rtburchakning mos koordinatalari;
x3,y3 – sеktorning boshlang`ich nuqtasi;
x4,y4 – sеktorning tugash nuqtasi.
5.6-rasm.
Dostları ilə paylaş: |