begin { buyruqlar 2 }
end;
.................................
ro’yhatN:
begin { buyruqlar N }
end; else begin { buyruq )
end; end; bu yerda:
tanlovchi — dasturning keyingi bajariladigan qadamini aniqlovchi qiymatni beruvchi ifoda.
Ro’yhat N — konstantalar ro’yhat. Agar konstantalar sonlar diapazonidan iborat bo’lsa, u holda ro’yhat o’rniga birinchi va ohirgi kostantalarni orasiga ikkita nuqta qo’yib berish mumkin. Masalan, 1,2,3,4,5,6 ro’yhat 1..6 ko’rinishida yozilishi mumkin.
Case buyrug’i quyidagicha ishlaydi:
1. Dastlab tanlovchi ifodaning qiymatini hisoblaydi.
2. tanlovchi ifodaning qiymati ketma-ket kostantalar ro’yhatidagi kostantalar bilan solishtiriladi.
3. Agar ifoda qiymati ro’yhadagi konstanta bilan mos tushsa, u holda shu ro’yhatga mos buyruqlar bajariladi. Shu bilan case buyrug’i ishi yakunlanadi.
4. Agar ifoda qiymati ro’yhatdagi kostantalarda birortasiga ham mos kelmasa, u holda else buyrug’idagan keyingi buyruqlar ketma-ketligi bajariladi.
Agar else yozilmasa u holda case bajarilmasa case dan keyingi buyruqlar bajariladi.
Quyida case buyrug’iga misol keltirilgan.
case n_day of 1,2,3,4,5: day:='Ish kuni. ' ;
6: day:='Shanba!';
7: day:='Yakshanba!';
end; case n_day of 1..5: day:='Ish kuni.';
6: day:='Shanba!';
7: day:='Yakshanba!';
end; case n_day of 6: day:='Shanba!';
7: day:='Yakshanba!';
else day:='Ish kuni.';
end;
1.5. Takrorlanish Juda ko’p masalalarning yechilish algoritmi takrorlanuvchan bo’ladi. Ya’ni natijaga erishish uchun bir xildagi buyruqlar ketma -ketligi bir necha marta bajarilishi kerak. Masalan, bilimni nazorat qiluvchi dastur savolni beradi, javobni qabul qiladi, javobga qarab ballar yig’indisiga bal qo’shadi, so’ngra shu ishlarni qayta va qayta barcha savollar tugamagunicha bajaradi.
Bir nacha marta bajarilishi kerak bo’lgan buyruqlar ketma-ketligi bor algoritm takrorlanuvchi deb ataladi, buyruqlar ketma-ketligi esa takrorlanish deb ataladi. Takrorlanish dasturda For, While, va Repeat buyruqlaridan foydalanib amalga oshirish mumkin.