ohirgi_qiymat — hisoblagichning ohirgi qiymatini aniqlovchi ifoda.
Boshl_qiymat va ohirgi_qiymat hisoblagich qiymatlari butun sonlardan iborat bo’lishi kerak.
Takrorlash operatorining takrorlashlar sonini quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ohirgi_qiymat - boshl_qiymat + 1.
misollar:
for i:=l to 10 do begin label1.caption:=label1.caption + '*'; end;
for i: =1 to n do s := s+i;
Eslatma: agar begin va end operatorpari orasida faqat bitta buyruq bo’lsa, u holda begin va end larni yozmaslik mumkin.
1.7. While operatori
agar takrorlanishlar soni oldindan belgilanmay, dastur ishi davomida aniqlansa while takrorlash operatoridan foydalaniladi.
While takrorlash operatoriga misol qilib hisoblashni berilgan aniqlikda bajarishni keltirish mumkin.
While operatori umumiy holda quyidagicha ko’rinishda yoziladi:
while shart do begin // bir necha marta bajarilishi lozim bo’lgan buyruqlar ketma-ketligi
end bu yerda shart — maniqiy ifoda bo’lib, takrorlash davom etish yoki etmaslikni aniqlaydi.
While operatori quyidagica ishlaydi:
avval shartni ifodalovchi qiymat tekshiriladi.
agar tekshhirilgan qiymat false (shart bajarilmasa) ga teng bo’lsa, u holda while operatorining ishi yakunlanadi.
agar tekshhirilgan qiymat True (shart bajarilsa) ga teng bo’lsa, u holda begin va end operatorlari orasida joylashgan operatorlar bajariladi. Bundan so’ng shart yana tekshiriladi. Agar shart yana bajarilsa, u holda takrorlashning tanasi yana bajariladi va hokazo. Bu takrorlash toki shart bajarilmay qolgunigacha (False) davom etadi.