Shıģıs hám Batıs ádebiyatında didaktika onıń uqsaslıq hám parqlı tárepleri Didaktika



Yüklə 19,6 Kb.
səhifə2/2
tarix20.02.2022
ölçüsü19,6 Kb.
#114591
1   2
BALTABAYEV TEMUR Sh h B didaktikasi

Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiytaʼlimiy, ilmiyfalsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik adabiyot. ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib takaladi (mas, "Qobusnoma"). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida didaktik adabiyot uzoq tarixga ega. didaktik adabiyotga doyr ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyik" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. didaktik adabiyotdan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinonpnt tabobatga oid "Urjuza" sheʼriy asari). didaktik adabiyotga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.

20-asr oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va b. ijodida pandnasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlimtarbiyaga oid didaktik adabiyoti namunalari koʻplab uchraydi.

Hozirgi zamon ped.sida didaktikaga taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarador usul va yoʻllarini topish didaktikaning asosiy muammolaridir. didaktikaning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt mobaynida marksizm-leninizm didaktikaning taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi metodologik asos deb qarab kelindi. Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom falsafasiga milliy didaktikaning metodologik asosi sifatida qaralmoqda. Chunki olamning yaralish, rivojlanish qonuniyatlari, insonning bilish imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy asosga tayanilgandagina tushunarli tarzda izohlanishi mumkinligi anglab yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni bilishning vositasi ekanligini, bilish jarayonining cheki yoʻq, ammo inson bilishi mumkin boʻlgan bilimlar cheklanganligini koʻrsatishi bilan diqqatga sazovordir.

Didaktika umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur aloqadorlik katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini tayin etish qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini belgilab berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyotining aniq tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktikaning tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.

Oʻzbek milliy ped.si tarixida ham didaktikaning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida didaktika hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsada, lekin ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilashi, uni tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad alFargʻoniy, Margʻinoniy, Davoniy, Alisher Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni uyushtirish, uning samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon ped. taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday hislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Navoiy asarlarida aks etgan. Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq saklash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan.

Oʻzbek milliy D.sining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shu kuriy, A. Ibodiyev, M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R. Yusufbekov kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich boʻldi. 20-asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning kad. shonu shuxratini tiklash uchun uni maʼrifatli qilishdan oʻzga yoʻl yoʻkligini toʻgʻri belgiladi. Jahon ped. sining eng soʻnggi yutuklaridan xabardor boʻlgan, ayni vaqtda taʼlimni tashkil etishda koʻp asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan, didaktikaning metodologik asosi sifatida islomiy eʼtiqodni belgilagan jadidlar oʻqi-tish borasida yuksak natijalarga erishdilar. Jadid mutafakkirlar taʼlimni uyushtirishning amaliy jihatlari b-ngina shugʻullanib qolmay, uning nazariy masalalarini ham tadqiq etganliklari diqqatga sazovordir. Jadidlarning didaktik karashlari ularning koʻplab pedagogik asarlari, darelik va qoʻllanmalarida aks etgan.



Turkistonda Okt. toʻntarishi tufayli qaror topgan shoʻrolar zamonida didaktik avtoritar ped.ning bir tarmogʻi sifatida deyarli hamisha tarbiyaga qarshi qoʻyib kelindi. Milliy tajribalarga tayanmagan, taʼlim jarayonining mazmunini yangilashga qobil boʻlmagan, maktab D.sini mafkura zugʻumidan xalos eta olmagan sotsialistok ped. uning tashqi jihatlarini pardozlab, yaltiratib koʻrsatishga alohida eʼtibor berdi. Turli-tuman usullar oʻylab topildi, koʻpdan-koʻp "ilgʻor" tajribalar yoyildi. Lekin taʼlimda kutilgan samaraga erishilmadi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishtandan soʻng oʻzbek ped. fani va amaliyoti milliy asoslarga tayangan holda didaktikaning tamomila yangicha yoʻnalishda taraqqiy etishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning oʻzgarishi pedagogik tafakkurning sogʻlomlashuviga, u esa, oʻz navbatida, didaktikaning milliy asoslarda rivojlana boshlashiga olib keldi. Bunda milliy didaktikaning asosiy tamoyillarini toʻgʻri belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Milliy didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri taʼlimning insoniylashuvidir. Mazkur tamoyil taʼlim jarayoni uchun bilim emas, balki oʻquvchi shaxsi asosiy kadriyat ekanligini anglatadi. Bunda oʻquvchi shaxsini shakllantirishga ustuvor oʻrin beriladi. Taʼlimning insonparvarlashuvi tamoyili oʻzbek didaktikasining asosiy talablaridan boʻlib, taʼlim mazmoʻnini belgilash va pedagogik amaliyotni tashkil etishda shaxs maʼnaviyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi predmetlarni oʻqitishga alohida eʼtibor qaratish yoʻli bilan bolalarning hissiyotini shakllantirishga erishish, ularda iroda xususiyatlarini tarkib toptirish muhimdir. Oʻquvchi maʼnaviyati bilan uning oʻzlashtirishi oʻrtasida uzviy aloqa borligi zamonaviy psixologiya fani tomonidan asoslab berilgan. Bu holatni hisobga olmay ish koʻrgan pedagogikalik muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Milliy didaktika taraqqiyotini taʼminlaydigan tamoyillardan yana biri taʼlimning yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda mavjud ekan, uni urganish ham imkon qadar yaxlit tarzda amalga oshirilishi kerak. Taʼlim jarayonida oʻquv predmetlari miqdorini koʻpaytirish emas, balki olamni bilish vositasi boʻlmish oʻquv fanlarini imkon qadar umumlashtirish yoʻlidan borish lozim. Shuning uchun ham mustaqil Oʻzbekistonning yangilangan oʻquv rejalarida taʼlimning asosiy yetti tarmogʻi belgilangan boʻlib, oʻquv fanlari miqdorini zaruratga qarab oʻzgarib turishi koʻzda tutilgan. Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida jihatlarini hisobga olish ham didaktikaning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham didaktikaning zarur talablaridan biridir. OʻzRning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da mazkur tamoyilga alohida eʼtibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi oʻzbek didaktikasining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday taʼlim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. Maʼnaviyatni shakllantirish maksad darajasiga koʻtarilgan sharoitda tarbiyaga ustuvor maqom berilishi tabiiydir. Milliy didaktika oʻquvchilarni taʼlim jarayonining ishtirokchilarigina emas, balki ijrochilari deb qarashni ham koʻzda tutadi. Taʼlim oʻquvchilarning ichki ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda faol ishtirok etmasalar, hech qanday ijobiy samaraga erishib boʻlmaydi.

Didaktik taʼlim usullari muammosini ham qamrab oladi. Oʻqituvchi biror predmet boʻyicha oʻquvchilarning tizimli bilim olishini taʼminlash maqsadi sari intilar ekan, maʼlum ishlarning bajarilish namunasini koʻrsatadi. Ayni vaqtda, u taʼlimning barcha bosqichlarida uquvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlaydi. Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida tajriba va kuzatuvlari asosida yangi bilimlarni oʻzlashtiradi. Ularga chuqur va mustaqil oʻzlashtirishlari, oʻrgangan bilimlarini amaliyotda ijodiy qoʻllashlari uchun maxsus topshiriqlar beriladi.

Alisher Navoiyning nasriy asarlari Xuroson va Movaraunnahrda yaratilgan fors va qadimgi o'zbek tilidagi turli janr va har xil mavzudagi nasriy asarlar zaminida yuzaga keldi. Lekin Navoiy buyuk daho sifatida shunday asrlar yozdiki, ularda, bir tomondan, fors-tojik adabiyotidagi nasr ilg'or an'analarining yangicha talqini va ravnaqi o'z aksini topdi. Ikkinchidan, o'zbek tilida nasrning nazmga nisbatan bir muncha sust rivojini nazarda tutgani, shunungdek, nasrning imkoniyatlari nazmga nisbatan anchayin kengligini chuqur tushungani holda Navoiy o'zbek adabiyotini o'n beshga yaqin nasriy asarlar bilan boyitdi.

 Navoiygacha bo'lgan fors tilidagi nasr asosan tarixchilar tomonidan, qisman esa didaktik va ilmiy yoki yarim ilmiy adabiyotda qo'llandi.

 Bu davrdagi o'zbek tilidagi nasrning shakllanishi va taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog'liqdir.

 Navoiy o'z nasriy asarlarini yaratar ekan, hech shubhasizki, o'zigacha bo'lgan va o'z davridagi nasrning eng yaxshi xususiyatlarini o'zlashtirib, o'z ona tilida ulardagi ilg'or traditsiyalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat bilan qaradi.

 Alisher Navoiy o'zining barcha nasriy asarlarini "Vaqfiya"ni istisno qilganda (bu asar 1481-1482 yillarda yozilgan), umrining so'nggi o'n yilida yaratgan. Ularning umumiy manzarasi quyidagichadir:

      1.Biografik-memuar xarakterdagi "Holoti Sayyid Hasn", Holoti ,Pahlavon Muhammad", "Xamsat ulmutahayyirin".

      2.Ilmiy-filologik xarakterdagi "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Mezon ul-avzon", "Risolai mufradot".

      3.Tarix, tasavvuf va din tarixiga oid "Tarixi muluki Ajam", "Nasoyim ul-muhabbat", "Tarixi anbiyo va "hukamo", "Vaqfiya".

      4.Insho san'ati-epistolyar proza namunasi- "Munshoot".

      5.Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi "Mahbub ul-qulub".

 "Haloti Sayyid Hasan Ardasher", "Haloti Pahlavon Muhammad", "Hamsat ul-mutahayyirin"-Navoiyning biografik memuar xarakterdagi asarlaridir.

           Bu uch asar Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o'ynagan davrning madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o'ynagan davrning madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan. Navoiyga yaqin siymolar, uning hamfikr do'stlari, ustoz va murabbiylariga bag'ishlanib, ularning vafotidan keyin yozilgan.

 Navoiy bu asarlarida ana shu uch madaniyat arbobining ma'lum jarajada ijodiy va ijtimoiy biografiyalarini yaratadi, ular bilan o'zining har sohadagi hamkorligi, muloqatlari haqida hikoya qiladi.

 Sayyid Hasan Ardasherga bag'ishlangan risola 896| 1490-91 yilda uning vafotidan ikki yil keyin yozilgan.

 Sayyid Hasan bilan Navoiy 860|1455-56 yilda birinchi marta uchrashgan va umrining oxiriga qadar yaqin do'st bo'lib qolgan. U 821|1425-26 yilda tug'ilgan bo'lib, uning otasi shoh Boysung'ur Mirzo saroyida qushbegilik lavozimida ishlagan. Sayyid Hasan arab tili, tilshunoslik, ritorika, fikh, she'riyat, tarix, astornomiya, muzika bo'yicha o'z davrining eng bilimdon kishisi bo'lgan. Navoiy so'zi bilan aytganda: "ko'prak zamonning tab' va fazl ahliga foyiq va sarafroz bo'libdurlar". U tabiatan g'oyat kamtar, mansabparastlikni, amaldorlikni xush ko'rmas, shaxsiy manfaatini kuzlab hukmdorlarga mute bo'lib xizmat qilishdan nafratlanar edi.

         Sayyid Hasan Navoiy tarbiyasida yaqindan ishtirok etgan, keyinchalik ham uni doim ijod qilishga undar, o'rni-o'rni bilan hamdardlik va sirdoshlik qilar edi. U dunyoviy she'riyatni juda ham sevar, ko'p she'rlarni, xususan Navoiy g'azallarini yoddan o'qir, ayniqsa Hofiz ijodiga ishtiyoqi baland edi. Navoiy ana shunday siymoga hurmat va ixlos bog'lagani tabiiy albatta.

       "Holoti Sayyid Hasan Ardasher" risolasida Navoiy yuqorida tilga olinganlarni birma-bir bayon etadi. U Sayyid Hasanning Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan boshlab uning xizmatida bo'lganini, lekin shohning iltifot va e'tiboriga qaramay xizmatni tark etkanini xabar qiladi.

         Navoiy Sayyid Hasan xarakteridagi bir qirrani bo'rttirib ko'rsatib o'tadi. U katta-kichikka barobar, qo'lidan kelganicha birovga yaxshilik qilishga intiluvchi, boshqadan esa hech narsa tama' qilmaydigan shaxs bo'lgan:



O'zidin elga dare -qatro oso,

         Vale eldan o'ziga qatra-daryo.
Yüklə 19,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin