Шу тарзда банклар ва банк фаолиятига оид конун хужжатлари туплана бориб, аста-секин конунчилик тармоги сифатида шакллана борди хамда бугунги кунда банк фаолияти, хисоб-китобларни ташкил этиш



Yüklə 215,5 Kb.
səhifə1/37
tarix01.01.2022
ölçüsü215,5 Kb.
#110433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bozor iqtisodiy




Mundarija

I . Kirish

II . Asosiy qism

2.1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi.

2.2 Buxgalteriya hisobidagi milliy va xalqaro andozalar. “Direkt - kosting” tizimi

III . Xulosa

IV . Foydalangan adabiyotlat


K i r i sh

Тarix har doim odamlarni o’ziga jalb etib kelgan. Har qanday odam uchun o’z Vatani, o’z oilasi, hz fani tarixini bilishi juda muxim, buni o’tgan barcha avlodlar yaxshi tushunishgan. Fanlar tarixi bir-biridan qiziqarli, uni o’rganish kishilarga quvonch bag’ishlab, ular hayotini uzaytirayotganday tuyuladi. Shu sababli buxgalteriya hisobi fani tarixini o’rganish ham qiziqarli va shu vaqtning o’zida murakkab soha bo’lib hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish buxgalterlardan og’ir va murakkab mehnat talab qiladi. Тarixga chuqurroq nazar tashlasak, buning moxhyati yaqqkol namoyon bo’ladi. Хo’jalik yuritishning hozirgi sharoitida hisobning o’rni va ahamiyatini, kelgusidagi o’sishi va kelajakni to’liq baholash uchun uning rivojlanishini tarixiy nuqtai nazardan tahlil qilib chiqish, o’rganilayotgan har qanday ob’ektning rivojlanishi va harakatini tekshirish hamda, aniqlangan bog’lanish va qonuniyatlarni o’rganish zaruriyati tug’iladi. Тarix - bu tajriba, ba’zan ayrimlar uchun yangi tuyulgan narsalar, ostida avvalroq ma’lum bo’lgan “Qara, mana bu yangilik, - ammo bu bizdan avvalgi asrlardayoq ma’lum bo’lgan” degan tushunchalarga olib keladi.

Mana shuning uchun har bir inson asrlar osha bizgacha to’plangan bilim va tajribalarni o’rganish uchun harakat qilishi kerak. Davlatimiz tarixidagi keskin o’zgarishlar bunga tayyor bo’lmagan buxgalterni ishonchsizlikka olib borishi mumkin; tarixiy bilish mavjud tajribalarni o’rganish uni o’zgarishlarga tayyorlashi shu bilan birga qoniqish hislarini berishi mumkin. Mana nima sababdan sinchikov odamlar tarixni o’rganadilar, kishilar bilimlar xazinalariga qancha ulush qo’shganlarini bilib oladilar. Shu sababli bo’lg’usi buxgalterlar uchun o’z fanining tarixini o’rganish katta ahamiyatga egadir.

Kursning asosiy maqsadi buxgalteriya hisobi rivojlanish tarixi bilan tanishish va o’rganib chiqishdir. Buning uchun xisob bilimi faoliyatini keyingi nazariy dalillar asosida ko’rish kerak. Buxgalteriya hisobini faqat evolyutsion tahlildagina bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rni va ahamiyatini to’liq tushunish mumkin. Bizlar uchun bular juda muhimdir. Bunga erishish uchun noan’anaviy usulda hisobning rivojlanishini kuzatish vazifasi qo’yilgan. Bu vazifalarni bajarish uchun ma’ruzalar matnlarini tayyorlash, chet ellar va Vatanimiz olimlarining ishlariga, hamda milliy va jahon miqyosidagi buxgalteriya hisobi va auditning takomillashgan dasturlariga asoslangan. Bu kursda biz hisob va auditni oddiy shaklidan to shu kungacha bo’lgan, ya’ni paydo bo’lishdan tortib butun rivojlanish jarayonini ko’rib chiqamiz.

Hisobchilikning boshlanishi, uning birinchi nuqtalari bizdan abadiy yashiringan. Ular bizgacha bir qancha ming yilliklar avval yo’qolib ketgan. Lekin biz tasdiqlashimiz mumkin bo’lgan narsa, bu hisob birdan paydo bo’lgan emasligidir. Qachonlardir hisobni kerak bo’lmagan vaqti ham bo’lgan. Qachonlardir barcha hodisa va ma’lumotlar bir odam zakovatiga joylashgan bo’lishi mumkin. Hisobni boshlanishi poleolit davridan, insoniyat rivojlanishidagi dastlabki bosqichdan boshlanadi. Uning paydo bo’lishi uchun asosiy shart-sharoitlar odamlar orasidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bo’ldi. Хo’jalikni egallab olish (ibtidoiylik) dan ishlab chiqarish (ibtidoiylikdan chiqish davri) gacha o’tish davri yakka xo’jaliklarning rivojlanishiga imkon yaratdi. Bu munosabatlarning alohida - tovarlarni almashtirishni o’z ichiga olgan turini vujudga keltirdi. Bunday munosabat jamoadan tashqaridagilar bilan bajarilar edi. Bu esa bir qancha qo’shni jamoalarni bir-biri bilan bog’lardi. Ibtidoiy jamoa tuzumining parchalanishi davrida insoniyat tarixida juda katta holda mehnatni bo’linishi, ya’ni umumiy mehnatning dehqonchilik va chorvachilikka bo’linishi yuz berdi. Dehqonchilikdan hunarmandchilikni ajralishi (qo’l mexnatning bo’linishi) ayirboshlashni yanada ko’prok rag’batlantirdi. Ayrboshlash faqat jamoalararo emas, balki ularning ichida ham muntazam ravishda olib borila boshlandi. Bularning hammasi almashtirilayotgan narsani ekvivalentligi (har jihatdan bir narsaga tengligi), almashtiriladigan narsa va uning o’lchov belgisini paydo bo’lishi tushunchalarini jamlashga ko’maklashdi. Ular faqat mahsus tovar, qaysiki pul vazifasini bajarishga qo’yilgan tovarlardir. Хuddi shu davrlarda oddiy elementar xisobning birinchi shakllari kuzatiladi.

Hisobning dastlabki paydo bo’lishi insoniyatning davlat dastlabki paydo bo’lgan joylarida yuzaga kelgan. Shu sababli hisobchilik tarixini o’rganishni aynan shu mamlakatlardagi yuzaga kelgan va uni rivojlanishi uchun asos bo’lgan hisob shakllarini ko’rib chiqish bilan boshlaymiz.


Yüklə 215,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin