P ICH TM T P 1
MV
Bu yerda: P-pul, MP-mehnat predmetlari, MV-mehnat vositalari,
TM-tayyor mahsulot, T-tovar, P 1 - sotishdan olingan pul.
Xo‘jalik faoliyatining barcha jarayonlari buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Har bir jarayonda yuz bergan operatsiyalar buxgalteriya hisobida o‘zining soniy o‘lchovini va sifat tavsifini topadi. Buxgalteriya hisobi ta’minot jarayonida mehnat predmetlari va vositalarini qancha miqdorda, qaysi baholarda, qaysi ta’minotchilardan sotib olininganligi, shuningdek ular bo‘yicha ta’minotchilar bilan hisob-kitoblarning holati to‘g‘risida batafsil axborot beradi. Ishlab chiqarish jarayoni bo‘yicha buxgalteriya hisobida qanday mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, qancha ishlab chiqarilganligi, buning uchun qancha harajat qilinganligi, omborlarga qabul qilingan tayyor mahsulotning qiymati (tannarxi) va boshqa ma’lumotlar shakllanadi. Sotish jarayoni bo‘yicha buxgalteriya hisobi qancha mahsulot sotilganligi, kimlarga sotilganligi, qanday to‘lov turlari bo‘yicha sotilganligi, qanday baholarda sotilganligi, haridorlar bilan hisob-kitoblarning holati, sotishdan olingan tushum, sotishga doir harajatlar, sotishdan olingan foyda, undan to‘lanadigan soliqlar va boshqalar to‘g‘risida atroflicha axborot beradi.
Dostları ilə paylaş: |