Rezerv kapitali (RK) – bu korxonaning sof foydasidan tashkil etilgan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan olingan qo‘shimcha qiymat va bepul kelib tushgan mulklar qiymatining majmuasi.
Taqsimlanmagan foyda(TF) – bu korxonaning ta’sischilari o‘rtasida taqsimlanmay qolgan sof foydasining summasi.
Rezervlar (R) – bu turli joriy to‘lovlarni amalga oshirish uchun hisobot davr daromadlari evaziga shakllangan zaxira summasi, masalan joriy va kapital ta’mirlash uchun, mehnat ta’tili haqlarini to‘lash uchun va shu kabilar.
Maqsadli tushumlar (MT) – korxonaga turli maqsadlarda turli manbalardan kelib tushgan mablag‘lar majmuasi (grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, soliqlar bo‘yicha imtiyozlar va boshqalar).
Grantlar (G) -- bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va nomoddiy mablag‘lar majmuasi. Ushbu mablag‘lar faqatgina qat’iy maqsadlarga ishlatilishi lozim.