Tushunarlilik tamoyili. Bu tamoyil hisob ma’lumotlarini barcha foydalanuvchilar uchun tushunarliligini bildiradi.
Yakunlanganlik tamoyili. Bu tamoyil hisob ma’lumotlarini biron bir hisobot davri uchun jamlanganligini, ya’ni moliyaviy hisobot hisobot davri ma’lumotlarini to‘liq qamrab olganligini bildiradi.
Taqqoslamalik tamoyili.Bu tamoyil hisobot ma’lumotlarini o‘zaro mos hisobot davrlari bo‘yicha (choraklar, yil) mavjud real tendensiyalarni aniqlash uchun o‘zaro taqqoslash imkoniyatlarini bildiradi. Bunday taqqoslashlar uchun o‘tgan yillar ma’lumotlari taqqoslama baholarda qayta hisoblanishi lozim.