Шу тарзда банклар ва банк фаолиятига оид конун хужжатлари туплана бориб, аста-секин конунчилик тармоги сифатида шакллана борди хамда бугунги кунда банк фаолияти, хисоб-китобларни ташкил этиш


Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini ishlab chiqish va joriy qilishning zaruriyati



Yüklə 215,5 Kb.
səhifə33/37
tarix01.01.2022
ölçüsü215,5 Kb.
#110433
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bozor iqtisodiy

Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini ishlab chiqish va joriy qilishning zaruriyati

Qilingan ishlar natijasida BMТ vakillari xulosaga kelishdiki, turli mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotni topshirishga xilma-xil karashlar mavjud bo’lsa ham, dunyo xo’jaligi va moliyaviy bozorlarning internatsionalizatsiyalashuvini aks ettiruvchi umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarur. Shu maqsadlar uchun 1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Irlandiya buxgalteriya tashkilotlari orasidagi kelishuvlar natijasida buxgalteriya hisobi xalqaro Andozalar Komiteti tashkil topgan. (International Accountins Standart Commitee- IASC). Hozirgi vaqtda unga 103 dunyo mamlakatlaridan 142 ta tashkilot a’zodir.

Komitet taqdim etilgan loyihalar asosida jamoatchilik ehtiyojlarida andozalar ishlab chiqadi va nashr qiladi. Ulardan moliyaviy hisobotlarni tekshirilganda taqdim etish va ularning xalqaro miqiyosda qo’llanishiga rioya qilishga ko’maklashishga amal qilinishi kerak. Har bir andoza hisobni tashkil etishni umumiy prinsiplari, metodologik holat va qoidalarini tavsiya etilgan hisob ob’ektlarini ifoda etadi. Keyinroq bu andozalar asosida dunyo buxgalteriya hisobi amaliyotida foydalanish uchun xalqaro namunaviy moliyaviy hisobotlar ishlab chiqilgan.

Bu ishning bosh maqsadi imkon borcha turli mamlakatlarning hisob andozalari va hisob siyosat uyg’unlashtirishdir. IASC andozalarni ishlab chiqishda faqat asosiy hisob parametrlariga, andozalarni juda mukammal qilishga urinmay, alohida olingan mamlakatda ularning qo’llanilishi qiynab qo’ymasligiga axamiyat beradi. Хozirgi vaqtda IASC 36 ta xalqaro moliyaviy hisobot andozalarini tayyorladi, ular bozor iqtisodiyoti bilan transnatsional kompaniyalar va xalqaro moliyaviy bozorlarni talablariga javob berayotgan ko’pgina mamlakatlarda qabul qilingan.

Bu tavsiyalardan foydalanish milliy andozalarni (buxgalteriya hisobi, savdo va grajdanlik huquqi sohalarida normativ aktlar) tayyorlashda juda maqsadga muvofiq. 20 yil davomida BХХA ishlab chiqildi va doimo amaliyotga kiritildi. Bu jarayon ham buxgalteriya hisobi rivojlanish bosqichlaridan biridir.

Andozalar takomillashtirilyapti va bugun yangi, xozirgi sharoitlarda zarur hisob andozalari yaratilmoqda. Хalqaro andozalar hisobot berish bilan mos ravishda hisobot tayyorlash, foydalanuvchilarga kompaniyalarni moliyaviy-xo’jalik faoliyati haqida ob’ektiv va ishonchli ma’lumotlar beradi. Jahon bozorlarida kapitalni daromad bilan qoplanadi, investitsiyaga xarajatlar jalb qilish kamayadi. Bular hammasi buxgalteriya hisobi xalqaro andozalardan foydalanishning ijobiy natijalaridir. Andozalarni yaratish sabablarini aniqlash uchun ХХ asr ikkinchi yarmidagi iqtisodiy rivojlanishga ahamiyat berish kerak.

Bu o’tgan vaqt xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kuchayishi, mamlakatlararo va qit’alararo mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi, ihtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot natijalaridan foydalanish natijasida chet el investitsiyasini jalb qilish, ishlab chiqarishni internatsionalizatsiyashuvi transnatsional va multinatsional korporatsiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Тransnatsionatsional kompaniyalar faoliyatini internatsionalizatsiya qilish bilan xarakterlanadi, ya’ni uning faoliyati bir qancha mamlakatlar olib boriladi. Ulardan ayrimlari territorial ixtisoslashuvga asoslangan; zahira qismlarini ishlab chiqarishni bir mamlakatlarda; ishlab chiqarish boshqasida, ularni o’rash boshqa mamlakatlarda amalga oshiraladi. Shunday transnatsional korporatsiyalar borki, ularni nazorat paket aksiyalari boshqa mamlakatlarga sotilgan. Bunga mashxur transnatsional korporatsiyalar misol bo’la oladi; IBM (AKSh), Тoyota Motor (Yaponiya), Djeneral Elektrik (AKSh), Тoshiba (Yaponiya), Djeneral Motors (AKSh), Dyupon (AKSh). Muhimi shuki, butun xalqaro mahsulotlarining asosiy qismi 25 ta shunday yirik korporatsiyalarda ishlab chiqariladi. Shuning bilan birga ishonch bilan aytish mumkinki, ХХ asrda iqtisodni internatsionalizatsiya qilish bo’lib o’tdi va u bilan birga buxgalteriya hisobi internatsionalizatsiyasi ro’y berdi. Bu bir qancha muammolarni paydo bo’lishiga olib keldi:

- xalqaro tajribalarga asoslanib moliyaviy hisobot tuzish;

- xalqaro yoki milliy hisob qoidalariga bo’ysunish;

- xalqaro biznes bilan moslikda informatsion-boshqaruv tizimini tashkil qilish;

- joriy hisobotlar uchun kreditlarni chet el valyutasida aks etishi.

Sanab o’tilgan muammolarning yechimi xalqaro hisob va hisobot tizimi asosi bo’lmish buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarida bayon etilgan va etilmoqda.



Respublikamiz buxgalteriya hisobida isloxotlar amalga oshirildi va amalga oshirish davom etayapti. O’zbekiston Respublikasida birinchi bo’lib buxgalteriya hisobini rivojlantirish uchun huquqiy asoslar yaratilgan edi.

Buxgalteriya hisobining yangi bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos keladigan tizimini shakllanishining boshlang’ich bosqichida eng avvalo xalqaro andozalarga, shuningdek britan hisob tizimiga asoslanildi. 2 yil mobaynida O’zbekiston buxgalterlari va auditorlari assotsiatsiyasi xorijiy sheriklari bilan birga davlatimiz milliy buxgalteriya hisobi tizimini shakllantirish ustida ishladilar. Va nihoyat xulosaga kelishdiki, ingliz tizimi mamlakatimiz hisob xususiyatlariga mos kelmaydi. Keyinroq AQSh buxgalteriya hisobi sohasi bo’yicha mutaxassislari bilan hamkorlik haqda ittifoq tuzildi. Amerikacha hisob tizimini o’rganish va yo’lga qo’yish bo’yicha xulosalarga asoslanib ish boshlangan edi, u mamlakatimizga ko’proq o’xshash va mos edi. Uning asosida O’zbekiston Respublikasi milliy buxgalteriya hisobi andozalarini ishlab chiqishga kirishildi.

Dunyo amaliyotida 34 ta buxgalteriya hisobi andozalari bor, bizning mamlakatimizda 21 ta andozalar ishlab chiqilgan, ulardan 17 tasi O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Bu o’z navbatida mamlakatimizning buxgalteriya hisobi rivojlanishida muhim tarixiy qadamdir.

Eng avvalo moliyaviy hisobot topshirishga tayyorgarlik ko’rish va taqdim etish uchun Konseptual asos ishlab chiqildi. (1994 yil 14 avgustda qayd etilgan)

U "Buxgalteriya hisobi haqiqa" gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (1996 yil 30 avgust) asosida ishlab chiqilgan va asosiy tushunchalarni ta’riflab beradi. Ular foydalanuvchilar (ichki va tashqi) uchun moliyaviy hisobot berishga tayyorgarlik ko’rish va taqdim etish asoslarini tashkil etadi. Moliyaviy hisobot berish quyidagi tamoyillar bilan mos ravishda tuzilishi kerak:

1. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar (ularda qo’shimcha ma’lumotlar, tushuntirish yozuvlari ko’rinishida).

2. Hisoblash tamoyili (daromadlar va xarajatlar, ularning kelib tushishi yoki paydo bo’lishi miqdori bo’yicha e’tirof etiladi). Bu tamoyilda "oltin qoida" dan foydalanish kerak:

-agar kirimni tan olsang - qarzdor qarzini tan ol;

-agar qarzdor qarzini tang olsang - kirimni tan ol

-agar chiqimni tan olsang - qarz beruvchilardan qarzdorlikni tan ol

agar qarz beruvchilardan

qarzdorlikni tan olsang - chiqimni tan ol

3. Ikkiyoqlama yozuv uslubi.

4. Uzluksizlik (xo’jalik yuritayotgan sub’ekt uzluksiz xarakatlanayotganday ya’ni faoliyatini davom ettirayotganday qaraladi).

5. Хo’jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pulli baholash.

6. Ishonchlilik (dastlabki hisob hujjatlari tasdiqlangan bo’lishi shart).

7. Тadbirkorlik (aktivlar va kirish qayta baholanganligi. majburiyatlar va chiqimlar kam baholanganligini ta’minlash uchun).

8. Mazmunning shakldan ustun bo’lishi.

9. Ko’rsatkichlarni taqqoslab ko’rishlik.

10. Moliyaviy hisobot tuzishning holisligi.

11. Hisobot davrida daromadlar va xarajatlarning mos kelishi (faqat shu chiqimlar ko’rsatilar, ular kirimlar olishga shartlashilgan).

12. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi (tannarx bo’yicha yoki sotib olish narxi bo’yicha).

13.Тushunarlilik.

14. Ahamiyatlilik (foydalanuvchilarning talablarini qondirish uchun).

15. Muhimlik (ma’lumot muhim, agar uning to’g’ri emasligi yoki qo’shilmasligi iqtisodiy qaroriga ta’sir qilishi mumkin).

16. Haqqoniy va to’g’ri aks ettirish.

18. Ketma- ketlilik (izchillik).

19. O’z vaqtidalilik.




Yüklə 215,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin