Shukurullo mardonov umida zokirova


Maktabdan tashqari ta’lim



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

Maktabdan tashqari ta’lim
(14-modda). Bolalarning ehtiyojlarini 
qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat 
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari 
madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishlaridagi maktabdan 
tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etish mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning 
tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qibiliyatini rivojlantirishga, 
ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar 
ijo diyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” 
bola lar maktablari, bolalar-o‘smirla sport maktablari, bolalar musi qa 
va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lom-
lashtirish muassasalari kiradi. Maktabdan tashqari ta’lim berish tar-
tibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan 
belgilanadi.
Ta’lim olish shakllari
(15-modda). Ta’lim olish shakllari quyi-
dagilardan iborat:
-ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
- ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, 
masofaviy);
-dual ta’lim;
-oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
-katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
-inklyuziv ta’lim;
-eksternat tartibidagi ta’lim;
-mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida 
kadrlar tayyorlash.
Masofaviy ta’lim
(-16-modda). Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va 


145
o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, 
ko‘nikma va malakalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan 
turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish O‘zR MV tomonidan belgilanadi.
Dual ta’lim
(17-modda). Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan 
zarur BKMni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim 
tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida 
amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish O‘zR VM tomonidan belgilanadi.
Shuningdek ushbu bobda “Oiladi ta’lim olish va mustaqil ta’lim 
olish” (18-modda); “Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim 
berish” (19-modda); “Inklyuziv ta’lim (20-modda); “Eksternat tartibdagi 
ta’lim” (21-modda); “Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish 
faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash” (22-modda) kabilar o‘rin olgan.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fan-
lari ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika 
universiteti, Chirchiq, Jizzax, Qo‘qon, Navoiy, Nukus davlat pedagogika 
institutlari yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo‘yicha 
Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarining ijrochilari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda, O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi
o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu orzu-
umidlarini, milliy istiqlol mafkurasining asl mohiyatini yoshlar qalbiga 
va ongiga singdirish jarayoni kechayotgan bir davrda bu muhim ishni 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
qonun asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi. Zero, istiqlol 
mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi va 
kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin