Shukurullo mardonov umida zokirova


 G’arbiy Yevropada maktab, maorif va pedogogik fikrlar



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

12.3. G’arbiy Yevropada maktab, maorif va pedogogik fikrlar
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o‘rnini 
olgan feodalizm V asrda paydo bo‘lib, to XVIII asrlargacha davom 
etdi. O‘rta asr feodal jamiyatining hayotida din va unga xizmat qiluvchi 
ruhoniylar g‘oyat katta rol o‘ynardilar. O‘sha davrlarda hamma ta’lim-
tarbiya ishlari ruhoniylar qo‘lida qurol bo‘lib, batamom diniy ruh va 
xurofot bilan sug‘orilar edi. 
Xristian dini ta’limotiga binoan, odam guyo gunoh ishlarga banda 
bo‘lib tug‘iladi, uning gunoh ishlarga moyil bo‘lgan tabiatini bosish 
uchun uni daxshat bilan qo‘rqitish ruhida tarbiyalash kerak. O‘rta 
asrda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida 2 guruhga bo‘lingan va 7 fanni 
o‘z ichiga olgan ta’lim dasturi vujudga keltirildi. 1 guruh 3 ta fandan 
iborat edi, shu sababli unga lotincha “trivium” nomi berildi. Bunga 
grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. 
2 guruh 4 fandan iborat bo‘lgani uchun uni lotincha (kvadrivium) 
deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar 
edi. Hammasi bo‘lib bu 7 ta fanni «7 ta erkin san’at» deb atash rasm 
bo‘lib qoldi.
Hamma fanlarning toji deb - teologiya (din aqidalari) hisoblanar 
edi. O‘rta asrlarda beriladigan ta’lim dasturi cherkov maktablari orqali 
amalga oshirilar edi. Cherkov maktablarining asosiy turlari: 
prixod 
maktabi
(ya’ni 1 cherkovga qarashli), 
monastir maktabi
va 
bosh 
cherkov yoki episkop maktab
laridan iborat edi.
Prixod maktablari boshlang‘ich diniy maktablar bo‘lib, unda o‘g‘il 
bolalar o‘qir edi. Prixod maktablarida bolalar xristian dini asoslari va 


221
qoidalarini, diniy ashulalar aytishni, lotin tilida o‘qish va yozishni o‘rga-
nadilar. Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo‘lgani 
sababli shu nom bilan yuritiladi. “Monastir” maktablarida o‘qitish 
vazifasi uchun maxsus monaxlar tayinlanardi. Monastir maktablarining 
quyida prixod maktabida o‘qitiladigan fanlardan tashqari, yana yuqorida 
aytilgan “7 ta erkin san’at”, ya’ni grammatika, ritorika, dialektika, 
arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqadan dars berilar edi.
Bosh cherkov yoki episkop maktablari markaziy diniy okrugdagi 
bosh cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda din 
ishlari boshqarmasi joylashgan bo‘lib, uning boshida yuqori lavozimli 
ruhoniy episkop turar edi. Shuning uchun bu maktablarning bosh cherkov 
yoki episkop maktablari deyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda ham 
faqat o‘g‘il bolalar o‘qir edilar. Bosh cherkov maktablarida odatda 
yuqorida ko‘rsatilgan 7 fanning hammasi o‘qitilib, bu fanlardan tashqari 
eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan - teologiya (din aqidalari) ham 
o‘qitilar edi. Bu maktablarda qattiq intizom o‘rnatilar edi. O‘quvchilar 
qilgan har bir aybi uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardilar. Bunday 
maktablarda odatda o‘quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och 
qoldirish kabilar). O‘rta asrlarda G’arbiy Yevropada xotin-qizlar, ayniqsa 
mehnatkashlarning xotin-qizlari yoppasiga deyarlik savodsiz edilar. 
Mulkdor feodal va aslzoda tabaqasiga mansub oilalarda tug‘ilgan qiz 
bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari ichida yoki maxsus murabbiylar 
va oilaga birkitilgan ruhoniylar qo‘l ostidagi uylarda tarbiya olardilar.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ritsar tarbiyasi XII asrga kelib to‘la 
tarkib topdi va rivojlandi. Ritsar tarbiyasining mazmuni ritsarlarga oid 
fazilatdan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat: ot minib 
yurishni bilish, qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, 
ov qila bilish, shashka (keyinchalik shaxmat) o‘ynashni bilish, she’r 
to‘kish va qo‘shiq ayta bilish. Bu fazilatlardan birinchi o‘rinda turgan 
uchtasi ritsarga berilmog‘i zarur bo‘lgan, harbiy tarbiyaga taalluqlidir; 
ritsar otliq askar, qilich va nayza esa o‘sha zamon jangchisining asosiy 
quroli edi. Suzish va ov qilishni bilishi jismoniy chiniqish, chaqqonlik 
va bardoshlilikni o‘stirish uchun talab qilinardi. 
G’arbiy Yevropada XII-XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning 
rivojlanishi shaharlarning o‘sishiga va shahar madaniyatining vujudga 
kelishiga sabab bo‘ldi. Shaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi 
hunarmand va savdogarlar o‘z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur 


222
bo‘lgan bilim berishga manfaatdor edilar. O‘sha vaqtda ishlab turgan 
cherkovga qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar. Shu 
sababli sexda birlashgan hunarmandlar va gildiyalarda birlashgan savdo 
ishlab turgan cherkovga qarashli diniy maktablar, sex maktablari va 
gildiya maktablari deyilar edi. Keyinrok borib sex va gildiya maktablari 
magistrat maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi harajatidagi 
maktablarga aylandi. Bu maktablarning mudir va o‘qituvchilari tegishli 
sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga 
qaram emas edilar. Bu maktablarda pul to‘lab o‘qilardi. Cherkovga 
qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy rasmlar 
bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo‘lgan xatsavod va hisob 
malakalarini egallashga ko‘proq e’tibor berilardi. Ba’zi maktablarda 
esa grammatika, ritorika va geometriya o‘qitilar edi.
Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi - G’arbiy 
Yevropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq 
edi. Yevropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi yarmida 
Italiyada (Bolonya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Fransiyada 
(Parijda) tashkil kilindi. XIV-XV asrlarga kelib, universitetlar Yevropa 
mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. O‘rta asr universitetlari 
odatda to‘rtta fakul’tetdan tuzilgan bo‘lib, bular tayyorlov fakulteti, 
yuridik, medisina va teologiya (din aqidalari) fakultetlaridan iborat edi. 
Tayyorlov fakulteti talabalari yuqorida aytilgan triviumga, kvadrivium 
tarkibiga kirgan fanlarni o‘qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o‘qish 
muddati 6-7-yilgacha, asosiy fakultetlarda esa 5-6-yilgacha cho‘zilar 
edi.
Universitetlarda o‘qitish metodlari ma’ruza, cherkov tomonidan 
tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan 
iborat edi. Universitetlarda o‘qish faqat lotin tilida olib borilar edi.
Universitet ta’limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan 
qat’iy nazar, O‘rta asr universitetlari Yevropa madaniyatining rivoj-
lanishida katta rol o‘ynaydi. Ular ma’rifat tarqatish va o‘sha davrdagi 
ma’lumotli kishilarni etishtirishda katta xizmat qildi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin