Shukurullo mardonov umida zokirova


 Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

1.5. Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya
masalalari
Eramizdan oldingi minginchi-yillarning o‘rtalarida eng qadimgi 
ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi juda ko‘p afsonalar 
rivoyatl” ga kiritilgan. 
“Avesto”da insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri, 
ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu ahloqiy uchlik eng qadimgi 
davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga 
asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Ma’lumotlarga ko‘ra “Avesto” eramizdan avvalgi VII asrning oxiri 
va VI asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar maxsuli 
sanaladi. Hamda davrlar o‘tishi bilan u qayta-qayta ishlanadi. Barcha 
manbalarda to‘liq kitob holida shakllanishini eramizdan avvalgi birinchi 
asrga to‘g‘ri keladi, deyiladi.
“Avesto”ning vatani Xorazm ekanligini olimlar ishonch bilan 
ta’kidlaydilar: Zardusht eramizdan oldin VI asrda yashagan. Xorazmda 
yashagan chorvadorlar oilasi spitama urug‘idan bo‘lgan. Otasi 
Paurushaspa, onasi Dugdova deb nomlanganlar, ular ot va tuya boqish 
bilan shug‘ullanganlar. Zardusht ko‘p xudolikka sig‘inish, qurbonlik 
natijasida mollar qirilib ketayotganini hamda qabilalar o‘rtasidagi 


28
nizolarni ko‘rib, uni oldini olishni o‘ylaydi va o‘z ta’limotini targ‘ib 
eta boshlaydi. Lekin qabila boshliqlariga uning ta’limoti yoqmaydi. 
Zardusht xudodan kelgan vaxiy orqali ko‘pxudolikka qarshi yakka 
xudolikni targ‘ib etib chiqadi, kuchli hokimiyat o‘rnatib, er yuzida 
tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi 
Axura Mazdani himoya etadi.
Zardushtning yangi ta’limotini istamagan qabila boshliklari uni 
taqib etadilar. U Rayga (Eronga) qochadi va o‘z dinini o‘sha erda 
tarkib toptiradi. “Avesto”ni shox Vishtaspga (Gushtasp) taqdim etadi. 
Shox Vishtasp uning homiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga 
binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi va zardushtiylik dini keng 
tarqaladi.
Adabiyotshunos X.Xamidov Zardushtning shox Gushtasp vazi-
rining qizi Xavoviga uylangan, undan uch o‘g‘il - Istavatra, Urva-
tatnara, Xvarachira va uch qiz - Freni, Triti, Pourichista nomli qizlari 
bo‘lganligini keltiradilar (93, 87-88 b.). Vishtaspning farmoniga 
ko‘ra 1200 bobdan iborat “Avesto” ni oltin taxtaga yozdirilib, shox 
otashkadasiga topshiriladi.
Manbalarda “Avesto” ning kitob holidagi matni eramizdan oldingi 
12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. 
Bu nushasi Iskandar istilosigacha Istahr shahrida saqlangan. Iskandar 
Istahrni bosib olgach, “Avesto”dagi tibbiyot, nujum, ilmu hikmat 
sohalariga oid matnlarni yunon tiligi tarjima qilib, boshqasini yoqib 
yuborishga buyurgan. Ba’zi tadqiqotchilar eng qadimgi nushasi 
1324-yilda ko‘chirilgan bo‘lib, Kopingagen kutubxonasida saqlanishini 
aytishsa (N.Mallayev), boshkalar esa (V.A.Livits) 1288-yilda eng 
qadimgi qo‘lyozma nushasi yaratilganini aytadilar.
Zardushtiylik ta’limotini jamg‘arilgan Zardushtning kitobi bizgacha 
2 nushada etib kelgan. Birinchisi - duolar to‘plamidan ibrat bo‘lib, 
“Vendidot” - sede, ya’ni “Pok Vendidot” deb ataladi (A.Irisov). 
Bu kitobga “Yasna”lar, “Vispered” ham kiritilib, bir butun tarzda 
shakllangan. Ikkinchisida ham, birinchisidagi kabi “Vendidat”, “Yasna”, 
“Vispered”lar kiritilgan bo‘lsa ham, bu kitob tarjima qilinib sharhlar 
bilan beriladi. Shuning uchun ham sharhli nushasi “Avesto va Zand” 
yoki “Zand Avesto” deb yuritiladi. Ikkinchi variantiga binoan “Avesto» 
quyidagi qismlardan iborat:
1.”Vendidot” 22 bobdan iborat. Asosan, Axuru Mazda bilan 


29
Zardushtning savol-javobi shaklida yozilgan bo‘lib, u yomon ruhlarni, 
devlarni engach voqealari, gunohlardan pok bo‘lish qoidalari hamda 
mifologik unsurlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni devlarga qarshi qonun, 
qonunnoma bo‘lib, yomonlik timsoli bo‘lgan devlarga nafrat bilan 
qarashdan iboratdir.
Axura Mazda yurtida yaxshilik, hayrli ishlarni yuzaga keltirsa, 
Anxra Manu (Axriman) o‘z yurtida yomonlik yaratadi.
2. “Visparad”. U 24 bobdan iborat. “Visparad” ibodat qo‘shiqlarini 
o‘z ichiga oladi.
3.”Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlar paytida
qurbonlikka chaqirish marosimida aytiladigan qo‘shiqlar, xudolar 
madhiyasi va boshqalar. Uning 17 bobi Gotlar deb ataladi. Bular 
“Avesto”ning eng qadimgi qismlari sanaladi.
4. Yashtlar. U zardushtiylik xudolari va ma’budalari madhiga 
aytilgan 22 qo‘shiq (Gimnlar)ni o‘z ichiga oladi.
5. Kichik Avesto (Xurda Avesto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, 
Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga 
yig‘ilgan kichik ibodat tekst (Gimnlar)idan iborat. Zardushtiylik to‘g‘-
risida so‘z borganda unda to‘g‘rilik bilan yashash va ahloqiy unsur larga 
asoslanganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, “Avesto”da zardushtiylikning 
insonga, insonning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati “got”larda 
to‘liq yoritilgan.
Tarbiyaviy manba sifatida “Avesto” katta ahamiyatga ega. Yuqorida 
aytganimizdek, Zardusht qadimgi qabilalardagi diniy e’tiqodlarni 
isloh qilgan. Zardusht ta’limotining yangiligi shundaki, Axura Mazda 
(Qodir iloh_dunyoda adolat va yaxshilikning ijodkori sanaladi: Anxra 
Mani esa (yovuz ruh) barcha yomonliklar sababchisi. “Avesto” ning 
mazmuni haqida uning bizgacha etib kelgan parchalari matnlariga 
asoslanib quyidagilar ifodalanganini ko‘ramiz:
“Vendidot”ning dastlabki uch bobida xalq hayotida erning qay 
darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Masalan, 1 bobida 
yovuzlik va adolat o‘lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda tinchlik 
o‘lkasi, Adolat o‘lkalarning asoschisi, Angro Manvyu esa jaholat 
urug‘ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Ana shu o‘lkalardan 17 o‘lka 
sanab o‘tiladi.
“Avesto”da tasvirlangan Adolat o‘lkasining keyingi davrlardagi 
nomlarini quyidagicha keltiradi:


30
1. Aryana Vedja - Xorazm yoki Araks daryosi qirg‘og‘idagi, yoki 
Amu va Sirdaryo deltasidagi o‘lka. 
2. Gava-So‘g‘diyona. 3. Mouru (Margav) - Marshana (Marv, hozirgi 
Mari). 4. Baxdi-Baqtriya (Balx). 5. Nisaya-Nisa, Parfiya poytaxti. 6. 
Xaroy -Isfaxonda bir joy. 9. Xnenta - Gurkaniya. 10. Xaraxvaiti - Garut 
(Araxoziya bilan bog‘liq).
11.Xetumant - Gilmenda havzasidagi viloyat. 12. Raga - Midiyadagi 
bir shahar, Ray Tehronga yaqin. 13. Chaxra - Xurosondagi bir joy. 14. 
Varna - janubiy Kaspiy buyi viloyati. 15. Xapta Xindav - Inda, Panjob 
havzalari hududi. 16. Rangxa irmoqlari - mifologik o‘lka.
Ikkinchi bobda Yima haqida afsona keltiriladi. Unda erni uch barobar 
ko‘paytirish, odamlarni, hayvon va o‘simliklarni himoya qilish uchun 
chegara belgilanadi. Erning suvdan paydo bo‘lganligi haqida qadimgi 
Hind-Eron qabilalarining dastlabki tasavvurlari ifodalanadi. Keyingi 
boblarda esa gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanadi, 
olov, suv, er, chorva, daraxt, o‘simliklar ulug‘lanadi, kohinlar, harbiylar, 
dehqon va chorvadorlar madh etiladi. hayvonlarga zulm o‘tkazish 
eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo‘limda gigiyenaga oid 
qoidalar: tirnoq va sochlarni parvarish qilishga ham e’tibor beriladi.
“Avesto”da biz inson shaxsining takomiliga oid ma’rifiy fikrlarning 
ma’lum bir tizimini ko‘ramiz. Xatto “Avesto”ni dastlabki pedagogik 
asar desak ham xato qilmagan bo‘lamiz va eng qadimgi davrlarda 
xalqimizning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlariga oid qiziqarli materiallarga 
ega bo‘lamiz. Shuningdek tadqiqotchilar ham uni diniy xarakterga ega 
bo‘lishi bilan birga falsafa, siyosat, ta’lim-tarbiya, adabiyot masalalarini 
ham qamrab olgan asar sifatida va uning kelib chiqishi haqida muhim 
fikrlar bayon etadilar.
Xulosa qilib aytganda, “Avesto”da insonning barkamol bo‘lib eti-
shishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor beriladi. Bu 
axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan 
barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak xato qilmagan bo‘lamiz. 
Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi 
uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi 
sifatida faqat Sharq xalqlarining emas, g‘arbning ham muqaddas 
merosi bo‘lib qoldi. Zardushtiylik axloqining asosiy uchligini jadvalda 
quyidagicha ifodalash mumkin.


31

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin