Shukurullo mardonov umida zokirova


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va tavsiyalar



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va tavsiyalar:
1. Qadimgi Sparta va Afinada qanday ta’lim-tarbiya muassasalari 
mavjud edi, ularning farqini izohlang?


223
2. Qadimgi Yunon faylasuflarining pedagogik qarashlarida qanday 
g‘oyalari ilgari surilgan?
3. G’arbiy Yevropadagi maktablarga tavsif bering?
4. Ritsarlik tarbiyasi nima?
5. O‘rta asr universitetlaridagi ta’lim tizimini izohlab bering?
Mustavil o‘qishga tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. Pedagogika tarixi. Maruza matni. Qo‘llanma II qism. (tuzuvchilar: 
S.Nishonova, B.Hasanova). – T.: TDPU, 2002.
2. Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. 
- T.: «O‘qituvchi», 1997.
3. Hoshimov K., Nishonova S, Inomova M., Hasanov R. Pedagogika
tarixi. –T.: «O‘qituvchi», 1996.
4. Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. O‘quv qo‘llanma. 
-T.: “Milliy kutibxona”, 2006. 


224
XIII BO‘LIM. YAN AMOS KOMENSKIYNING PEDAGOGIK 
TIZIMI
Reja:
1. Ya.A.Komenskiyning ijtimoiy pedagogik faoliyati.
2. Komenskiyning talim- tarbiyaga oid asarlari va darsliklari.
3. Komenskiy bolalarning yoshi xususiyatlari, o‘qitishning 
mazmuni hamda ahlok haqida.
4. Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida.
5. Komenskiy pedagogik qarashlarining ahamiyati.
Tayanch tushunchalari: 
“Chex qardoshlari”, “Tillar va hamma 
fanlarning ochiq eshigi”, “Buyuk didaktika”, “Onalar maktabi”, “Hislar 
vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari”, tarbiyaning 
tabiatga uyg‘unligi, bola yoshini davrlashtirish, sinf dars tizimi.
13.1. Yan Amos Komenskiyning ijtimoy pedagogik faoliyati
Buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy 1592-yil mart oyida 
Chexoslovakiyaning Ugorskiy Brod degan joyida tegirmonchi oilasida 
tug‘iladi. Uning oilasi ruhoniy “Chex qardoshlari” jamoasiga tegishli 
bo‘lib, o‘zlarini Yan Tusning davomchisi deb hisoblar edilar. Yan 
Tus katolik cherkoviga qarshi chiqqanligi uchun uni gulhanda yoqib 
o‘ldiradilar. Shuning uchun bu jamoa uning g‘oyasini amalga oshirishni 
maqsad qilib oladi. Ularning maqsadi demokratik g‘oyani ilgari surib, 
Chexiyaning ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlarni o‘z atrofiga 
yig‘ishdan iborat edi.
Komenskiy ota-onasidan juda yosh etim bo‘lib qoladi. Shuning 
uchun u 16 yoshgacha o‘qiy olmaydi. 16 yoshida “Chex qardoshlari” 
jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o‘qishga kiradi. Bu erda u 
tarbiya tizimining yomonligini, o‘qitish uslublarining yaxshi emasligini 
ko‘radi. U “Men o‘sha vaqtdayoq tarbiya masalasida mamlakatimiz 
orqada ekanligini ko‘rdim. Fan va tarbiya hammaga tegishli bo‘lishini 
o‘yladim» - degan edi. Komenskiy maktabni tugatgach Gerbern 
universitetiga (Germaniya)da o‘qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg 
universitetida ma’ruza kurslarini tinglaydi. U erda ilg‘or professorlar 


225
ishlar edilar.
U Avstriya, Gollandiyada bo‘lib, u erdagi iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy turmush bilan tanishadi, o‘rganadi va o‘zining ilmiy dunyo-
qarashini kengaytiradi. U xorijiy mamlakatlardan qaytib kelgach, chex 
qardoshlari jamoasida ruhoniy bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga maktab 
ochib, o‘zi unga rahbarlik qiladi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin