2.2. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni
Bolalarga dastlabki saboq harflarni o‘qishdan boshlangan, bu usulda
har bir bola alifbe tartibida harifning nomini bilib olishi (alif, be, te,
se, va h.k.), so‘ngra shu harflarni qo‘shib o‘qishni mashq qilinar edi.
Ana shu mashq oxiriga etganidan so‘ng, bolalar qo‘llariga “Qur’on”
berilgan va domla rahbarligida “Qur’on”ning har bir surasi takrorlanib
o‘rganilar edi.
Lekin “Qur’on”ni o‘qish bolalar uchun juda og‘ir edi. Chunki
maktablarda asta-sekin faqat og‘zaki mashq usuliga – “Savod”
chiqarilishga o‘tgach, savod chiqarish yanada qiyinlashdi. Yozuv
alohida “fan” sifatida ajratilib, kotiblik kasbiga o‘qiyotganlargagina
yozuv o‘rgatilar ediyu shunga qaramay, maktablarga deyarlik hamma
bolalar tortiladi va “Qur’on”ni o‘rganish majbur qilib, arab bo‘lmagan
bolalar uchun uni yodlash har qancha og‘ir bo‘lsa ham, Movarounnahr
maktablarida “Qur’on” ning bu usul qabul qilindi va to‘g‘ri deb topildi.
Bu usul keyinchalik bolalarning madrasada o‘qitish uchun ham kerak
edi.
Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, xatto 5 yoshidan maktabga bera
boshladilar. “Qur’on”ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta
hurmatga sazovor edilar. Asta-sekin o‘qimishli kishilar, ya’ni domla
alohida ajralib, ular o‘z xonadonlarida ham maktab ochadi. Talabalar
maktabdor domlalar maktabida xusnixat, og‘zaki hisobni ham o‘rganar,
asta- sekin fors-tojik tilida va turkiy tildagi kitoblar, qo‘lyozmalar ham
o‘qitilar, o‘rgatilar edi. Husnixat va arifmetika bilan yana xususiy
muallimda shug‘ullanar edilar.
37
Movarounnahrda arab bo‘lmagan bolalarga “Xaftiyak” VIII asrda
tuzilgan bo‘lib, “Qur’on” suralaridan ettidan biri tanlab olingan darslik
sifatida o‘rganilgan.
X-XII asrda islom dini rukunlari dars tojik tilida she’r va nasr bilan
bayon qilingan. “Chorkitob” o‘qitila boshlandi. XII asrdan boshlab
Ahmad Yassaviy, undan so‘ng XVII asrdan So‘fi Olloyorlarning turkiy
tilda yozilgan she’r va boshqa asarlari vositasida islom dini rukunlari
turkiy tilda o‘rganila boshlandi. Maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘qir,
qizlar esa otinoyilar uyida o‘qitilar, ular yozuvni emas, faqat o‘qishni
o‘rganar edilar. X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshlaydi.
“Madrasa” so‘zi “dars o‘qitiladigan joy”, “ma’ruza tinglaydigan joy”
ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari
arab tili grammatikasi va qoidalari, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati,
kalom, o‘rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astranomiya, matematika,
geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o‘qitila boshlandi.
Madrasalarda 15-20, 30-40 va 100-150 tacha talaba o‘qigan.
Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, qozixonalar va boshqa
ma’muriy ishlarda ish olib borar edi.
Ma’lumki, islom aqidalari e’tiqod va talablari, huquqiy va axloq
me’yorlari “Qur’on” va uning tavsiflarida, “Hadis”larida hamda shariat
qo‘llanmalari, ilohiyot adabiyotlarida ifodalangan. “Qur’on” - dunyo
madaniyatining ulkan boyligi, islomda muqaddas kitob. U arab tilida
“Qiroat” ma’nosini anglatadi. “Qur’on” 114 suradan iborat. U kishilarni
tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, saxiylikka undaydi.
Shunga ko‘ra u katta axloqiy qimmatga ega. Buni biz “Qur’on”ning
necha asrlardan buyon insoniyatning eng ulug‘ qadriyati sifatida
e’zozlanib kelinishidan ham bilsak bo‘ladi.
Lekin, “Qur’on”ning axloqiy tamoyillarini noto‘g‘ri talqin qilib,
yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilgan ba’zi yovuz kuchlar
hozirgi kunda ham tajovuz qilmoqda.
Biz uning mazmun - mohiyatini qanchalik yaxshi va tez o‘rgansak,
ana shu yomon niyatli kishilarga shunchalik tez zarba beramiz va
g‘oyaviy bo‘shliqning oldini olgan bo‘lamiz. Bunda bizga “Xadis”lar
ham katta yordam beradi.
|