Shukurullo mardonov umida zokirova


Jasurlik - biror ishni bajarishda kishining jasurligi;  Chidamlilik



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

Jasurlik
- biror ishni bajarishda kishining jasurligi; 
Chidamlilik
- inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi 
quvvat;
Aqllilik
- biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan 
saqlovchi quvvat;
Ziyraklik
- sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan 
tushinishga yordam beruvchi quvvat.
Ibn Sinoning fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar 
bor. Bular: aldash, rashk, o‘ch olish, adovat, bo‘xton, irodasizlik kabi-
lardir.
U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o‘ringa tib-
biyot fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga - nazariy va amaliy 
guruhga bo‘ladi. U birinchi guruhga etika, igqtisod, siyosatni kiritadi.
Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini 
o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritgan. Olim fizika, adabiyot, tarix fanlari 
bilan shug‘ullangan.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo‘lib maktabda o‘qitish 
zarurligini ko‘rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini 
ta’kidlaydi:


57
-bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib qo‘ymaslik;
-ta’limda engildan og‘irga borish orqali bilim berish;
-olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;
-o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish;
-bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga 
olish;
-o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Bu talablar xozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi 
bilan qimmatli bo‘lib, bolalarni engil-elpi bilim olish emas, balki har 
tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.
U bola tarbiyasi xaqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism 
qo‘yishdan boshlashni lozim deb topadi. Bolaga munosib ism tanlash 
ota-onaning dastlabki olijanob vazifasi deb biladi. Agar qadimgi yunon 
faylasuflari Platon va Aristotellar bola tarbiyasini davlat ixtiyoriga 
qo‘ysalar, ibn Sino bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug‘ullanishi 
kerak deydi.
Xulosa qilib aytganda, ibn Sino buyuk olim, faylasuf, adib, tabib 
bo‘lishi bilan birga buyuk murabbiy edi. U ta’lim-tarbiya haqida juda 
ko‘p bosh qotiradi. Olimning pedagogika faniga qo‘shgan hissasi 
shundaki, u ta’limiy-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham 
axloqiy, ham estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi, kamolga 
etishining mezonini ishlab chiqadi.
Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa olimning tarbiya 
sohasidagi katta xizmatlaridan hisoblanadi. Yana uning xizmatlaridan 
biri shundaki, u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug‘ladi, 
undagi qudratga ishondi. Inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini 
targ‘ib qildi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin