Shukurullo mardonov umida zokirova


 Unsurul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari -



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

4.3. Unsurul Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari - 
pandnoma turkumidagi dastlabki asar sifatida
Ming-yilga yaqin davrdan beri xalqni, ayniqsa, yoshlarni hayotga, 
amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma bo‘lib kelayotgan “Qobus-
noma” asari esa hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma’naviy kamolatga 
etkazishda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur asar juda 
ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima etilgan. Uning muallifi Unsurul 
Maoliy Kaykovus gilon qabilasidan bo‘lib, Tabristonda (Hozirda Kaspiy 
dengizining janubidagi hudud) yashagan. Ammo biz Kaykovus va 
uning avlodlari haqida juda oz ma’lumotga egamiz. Kaykovusning o‘zi 
ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar 
tarbiyasiga bag‘ishlangan. Kaykovus “... barcha fikr va tushunchalarim 
sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim 
bilur edim, hammasini qirq to‘rt bobda bayon etdim”, deyish bilan har bir 
yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan 
bog‘langan holda kamolga etkazish yo‘llari va usullarini bayon etgan. 
Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda 
ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko‘zda tutilgan:
1. Kaykovus bilim haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulk-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy etuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va ma’oni, ya’ni 
ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur 
bo‘lib, bu hislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarida esa yoshlar tarbiyasida - ja-
von mardlik talablaridan eng muhimi - bu yuksak axloqlilik tarbiyasi 
ekanligi keltiriladi. U yoshlarda insonga nibatan insoniy munosabatda 
bo‘lish, adolatlilik, samimiylik, sahiylik, mardlik kabi hislatlarni 
tarkib toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu 
maqsadini amalga oshirishga harakat qiladi.
Kaykovusning hayotda xulq - odob qoidalariga qanday rioya etish 
haqidagi fikrlari ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu qanoatli, muruv-
vatli bo‘lish haqidagi qarashlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Uning 
axloqiy qarashlari yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarama-qar-
shilik asosida bayon etilgan: “Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on 


67
yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmagil. Bir kishiga bir yaxshilik 
qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat etadi, 
sening ko‘nglingga ham undan ziyodroq shodlik va yozish xuramlik 
etishur. Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta, 
etgulsidur. Yaxshilikning yaxshilik bilan qaytishi ayni haqiqatdir. 
Kaykovusning kundalik turmushdagi xulq-odob qoidalariga oid fikrlari 
asarning “Majoz” (hazil-mazah) qilmoq, shatfanj (shaxmat), nard 
o‘ynamoq zikrida”, “Shikorga (ovga) chiqmoq zikrida”, shuningdek, 
ovqatlanish, dam olish, hammomga borish, mehmondorchilik, sharob 
ichishga bag‘ishlangan boblarida bayon qilingan bo‘lib, hozirgi paytda 
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bunday xulk-odob qoidalari 
inson kamolatini ko‘rsatuvchi sevgi va muhabbat, do‘st tanlash va 
dushmandan saqlanish masalalarida, ayniqsa, namoyon bo‘ladi. “Ishq 
va uning odatlari zikrida” bobida Kaykovus ishqda yanglishmaslikni, 
latif ta’b bo‘lishni manzur ko‘radi.
Kaykovus inson tarbiyasiga katta e’tibor bergan, axloqiy yuksak 
insonni tarbiyalash mezonlarini ham ko‘rsatib o‘tgan. U axloqlilikning 
birinchi belgisi suhandonlik deb biladi, suhandonlik (notiqlikda rost 
so‘zlash kerakligini ta’kidlaydi. U so‘zlarni to‘rt xilga bo‘dgani kabi 
odamlarni ham to‘rt xilga bo‘ladi: birinchi xil kishilar ko‘p narsani 
biladi va yana belgisi kelaveradi. Bular Olimlar bo‘lib, ularga bo‘ysunish 
kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsani bilishga harakat qiladi, ular 
qobil kishilar bo‘lib, bunday kishilarga o‘rgatish kerak. Uchinchisi, 
bilganini ham bilmaydi, uyquda yashagandek ularni uyg‘otish kerak. 
To‘rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini tan olmaydi. Bular johil kishilar 
bo‘lib, ulardan qochish kerak, deydi.
So‘zlarning esa - birinchisi - bilinmaydi va aytilmaydi; ikkinchisi 
aytila digan va biladigan; uchinchisi - ham bilinadi, ham aytishga, bi-
lishga zarurati yo‘q. Ammo aytsa ham bo‘ladi. To‘rtinchisi - bilinadigan 
va aytilmaydigan. Eng yaxshisi to‘rtinchisi, ya’ni bilinadigan va 
ayttilmaydigani, deydi. So‘zlaganda andishalik bo‘lish, sovuq so‘zli 
bo‘l maslik, kam gapirish, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so‘zini 
diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlaydi.
Uning axloqiy qarashlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan bosh-
lanadi. Unda Kaykovus “Qur’on” va “Hadis”lardagi talablardan kelib 
chiqqan holda o‘zining nuqtai nazarini bayon qiladi: “o‘z farzanding 
sening haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida 


68
shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida nima ish qilsang, far-
zanding ham sening haqingda shunday ish qilur, chunki odam mevaga, 
ota-ona daraxtga o‘xshaydur”, deydi.
Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat 
beradi. Farzand tugilganida avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng 
aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda 
kasb va hunar o‘rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana 
o‘z farzandiga adab ham o‘rgatish ekanligini ta’kidlaydi. U ilm, hunar 
va odabni farzandga meros qoldirish har bir otaning farzandi haqqini 
bajargani, deb hisoblaydi. Kaykovus otalarning o‘z farzandlariga 
nisbatan qattiqqo‘l bo‘lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni 
otaning o‘zi emas, murabbiy tomondan bajarilishini istaydi. Chunki 
otaning o‘z qo‘li farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qiladi. 
Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayikmasa ota-onani xor 
qiladi, deb ta’lim beradi.
U Pifagor aytgan quyidagi o‘n xislatni har bir kishi o‘zida tarkib 
toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o‘zidan zo‘r kishi bilan urushmaslik; 
hasadchi kishi bilan birga jamoat o‘rtasida o‘tirmaslik; riyokor, ikki 
yuzlamachi kishi bilan do‘st bo‘lmaslik; yolg‘onchi kishi bilan muomala 
qilmaslik; bahil bilan suhbatda bo‘lmaslik; g‘ayr, dushman kishi bilan 
sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o‘tirmaslik; kishilarga sir 
aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo‘qotishga harakat 
qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik
muxtoj bo‘lgan odamni gina, qahr bilan qo‘rqitmaslik; gunohkorninig 
gunohini avf etish kichiklarga mehribon bo‘lish; bir ishni ikki kishiga 
buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o‘z hayotida 
har bir daqiqada bunday xatti-harakatlarga duch keladi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin