Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

 
osmonining
 
yulduzlardek baland martabaliligi haqidakim, bilimsizlik 
tunni yoritish uchun “ayn” quyosh, “lom” oy, “mim” kunduz belgilarini 
ko‘rsatadi; bilimsizlik shomining qorong‘u ko‘rinishi haqidakim, 
g‘aflat chaqini pastlik kechasida zohir qilib, bu kechada baxtsizlikdan 
hikoya aytadi; olimning butun baxtsiz vujudining quyoshdek yuksakligi 
johilning esa butun borlig‘i boylik, mol bo‘lsa ham tuproqdek xorligi” 
haqida fikr bayon etadi.
Demak, Alisher Navoiy ilmni inson kamolati uchun eng zarur 
fazilatlardan biri deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, 
jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Alisher Navoiy orzu 
qilgan komil inson ham faqat ilmli bo‘lishi bilan qanoatlanib qolmaydi. 
Uni haqiqiy inson sifatida ta’riflashga yana sabr-qanoat, sahiylik, 
himmat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze’, adab, ishq-vafo va hokazolar 
ham asos bo‘ladi. Navoiy insonning axloqiy hislatlari - yaxshi fe’l-
atvorlar xususida to‘xtalib o‘tar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning 
ta’rifini beradi. U yaxshi fe’llarga qanoat, sabr, tavoze’ va adab, ishq 
va vafo, sahovat. himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko‘ngillik (halm) 
kabi hislatlarni kiritib, har birining ta’rifidan so‘ng tanbeh va hikoyatlar 
vositasida o‘z fikrini to‘ldiradi. Navoiy asarda mazkur hislatlarga ta’rif 
berish bilan birga, ularga qarama-qarshi bo‘lgan yomon illatlardan 
qutulish yo‘llarini bayon etadi.
Axloqlilikning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr yuritar 
ekan. “Adab kichik yoshdagilarni ulug‘lar duosiga sazovor etadi va 
u duo barakati bilan umrbod baxramand bo‘ladi. Adab kichkinalar 
mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u muhabbat ko‘ngilda abadiy 
qoladi...” - deb ta’kidlaydi.
Demak, yaxshi xulq asosi - odob Navoiy tahsilida barcha insoniy 
hislatlarning boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos hislatlar ana 
shunga bog‘liq ravishda ta’rif beriladi. Zero, haqiqiy insonga xos 
hislatlar - qanoat, sabr, tavozul’, ishq, vafo, sahovat, himmat, karam, 
muruvvat, halm (yumshoq ko‘ngillik) xuddi shu odobli kishida tarkib 
topadi. Masalan, “qanoat – buloqdir - suvi olgan bilan qurimaydi, 
hazinadir -naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir - urug‘i izzat 
va shavkat mevasi beradi; daraxtdir - shoxi tortinchoklik va hurmat 
mevasi etkazadi” - deb ifodalaydi.


94
Navoiy qanoatni to‘ldiruvchi insoniy fazilatlardan sabr, sahiylik, 
karam, muruvvat, himmat, bir-biriga hamkor va g‘amxo‘r bo‘lishini, 
bularni inson shaxsini ulug‘lashga etaklaydigan, uni sof va pokiza 
inson darajasiga ko‘taradigan hislatlar sifatida ko‘rsatib o‘tadi. “Sabr 
achchiqdir - ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zararni daf’ 
etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir. Achchiq 
so‘zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad hosil 
bo‘ladi. Badxo‘r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo 
so‘ngida sog‘lik yuz beradi”.
Sahiylik esa insoniylikning haqiqiy mezoni sifatida ta’rif beriladi. 
Saho vatni Navoiy odamlarning mushkulini oson qilishda unga berila-
digan minnatsiz yordam sifatida tushunadi va shunga da’vat etadi. 
Qimmatlilik, muruvvat, karam sahovatning tarkibiy qismlari sifatida 
yoritiladi. “Yaxshilik, karam -bir jabrlanganning qattiqchilik yukini 
ko‘tar moq va uni o‘sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birov-
ning mashaqqat tikani og‘irligini ko‘tarmoq va tikan uchidan guldek 
ochilmoq va o‘sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og‘izga 
olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik”, - deb, 
uning asl mohiyatini yoritib beradi. Muruvvatni esa ana shu “karamning 
urug‘-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu hislatlarga ega bo‘lsa izzat 
va hurmatga sazovor bo‘ladi”, - deydi alloma. U karam va muruvvatni 
ota-onaga o‘xshatsa, vafo va hayoni egizak farzandlarga o‘xshatadi. 
Lekin alloma har qanday ehsonni sahiylik deb tushunmagan. Sahovat 
deb isrofgarchilik qilishni, minnatni qoralagan. Ularni (sahovat, 
himmatni) tor ma’noda olmagan, aksincha, chuqur ijtimoiy ma’noda, 
keng ko‘lamda olgan, ularda, bir tomondan, aqliy, yirik didaktik 
qoidalardan, jamiyatni tuzatadigan vosita va odamlar ulug‘langan 
tekinxo‘rlar qoralangan. Qanoatni - sharaf va izzatning tantanasi desa, 
davlatli ta’magirni xor va pastkash deb ataydi. Shuning uchun ham 
yoshlikning qadriga etish, eng yaxshi hislatlarni o‘zida tarkib toptirish, 
nafs istagidan o‘zining tiyishini ulug‘laydi, takabburlik, manmanlik
faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish, yolg‘onchilik, nodon va 
johillik, ikkiyuzlamachilik, ta’magirlik, shoshma-shosharlik, yalqovlik, 
haromdan hazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo‘lish 
yo‘llarini ham bayon etadi.
Uning quyidagi ruboiysi ana shu yomon illatlar insonni ma’naviy 
o‘limga olib borishi mumkinligi haqidagi hukmidek tuyuladi:


95
Uch fe’l erur kishiga qotil oxir,
Qotillik aro zahri halohil oxir.
Buxl atla birin, birin havo bil oxir,
Qil ujbin ham alarga dohil oxir.
Demak, Alisher Navoiy o‘zining asarlari bilan bir qatorda, ilimiy-
axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan insonga xos axloqiy fazilatlar deb 
qanoat, sahovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, ilm, rostgo‘ylik, 
tavozu’, adab va boshkalarni tushungan, ana shu hislatlar tarkib topgan 
insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi, unday inson yashagan jamiyat 
ham ravnak topishi, barcha xalq baxt-sodatga erishishi mumkin deb 
hisoblagan.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin