105
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr
yuritib “Agar bir
kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz
bo‘lib o‘sdimi,
ollohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq,
erdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmoq kabidur”, - deydi. Uning fikricha,
bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy
sharoit va bolaning atrofidagi kishilar katta ahamiyatga ega.
O‘zbek pedagogikasi tarixida A.Avloniy birinchi marta pedagogikaga
“Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”, deb ta’rif
berdi. Tabiiy, bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi
bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy ko‘plab
xorijiy tillarni
bilgan, arab, fors, rus, ozarboyjon tillarini mukammal egallagan.
Sharq xalqlari ilmiy merosini “Chuqur o‘rganganligi “Turkiy
guliston yoxud axloq” kitobini yaratishda, o‘zbek va tojik adabiyoti
klassiklarining asarlaridan ijodiy foydalanish imkonini berdi. U mazkur
asarni yozishda xalq pedagogikasidan o‘rinli
foydalanib, asarni 64
bobdan iborat tarzda bayon etdi. Har bir bob o‘ziga xos xususiyatgea
ega bo‘lib, ta’lim tarbiya masalalarini yoritishda biri ikkinchisini uzviy
to‘ldiradi va takomillashtiradi. Muallifning hizmati shundaki, u mazkur
asarni yozishda har bir bobning maqsad-vazifalarini ilmiy, uslubiy
jihatdan asoslab, sodda va ravon til bilan o‘quvchilarga
tushunarli
xolda bayon eta bildi. Buni biz asarning asosiy g‘oyasi, yo‘nalishlari,
tarbiya turlari haqida bayon etgan fikr-muloxazalarida ko‘ramiz.
Dostları ilə paylaş: