172
tadqiqot muammolari kontekstida tahlil qilish”
asosida xulosalar
chiqarildi:
Bo‘lajak o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
asos lari bilan qurollanib, zarur ko‘nikma
va malakalarni egallaydilar
va o‘zlarining tegishli bilim darajalarini oshiradilar. Ular o‘quv
jarayo ni texnologiyasi, shu jumladan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
haqi dagi zamonaviy g‘oyalarni o‘zlashtiriadilar. Talabalar darslarni
model lashtirish
va rejalashtirish, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, turli
vositalar va usullarni tanlashga ijodiy yondashishni o‘rganadilar.
Ta’lim oluvchilar o‘quv jarayonini modellashtiradilar. Ular o‘zini o‘zi
o‘qitishni rejalashtiradilar.
Ma’ruza mavzulariga pedagogik texnologiyalarning metodologiyasi,
ilmiy, nazariy va amaliy asoslari yoritilgan mavzular kiritiladi.
Seminar mavzusida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va turli xil pedagogik
texnologiyalar konkretlashtirildi.
Talabalarning mustaqil ishlarining tarkibi ma’ruza va seminar
mavzularini o‘z ichiga oladi. Nazorat va
yakuniy savollarida tarbiya
mav zusi (“tarbiya konsepsiyasi”), shuningdek rivojlantiruvchi ta’lim
mazmunining shaxs rivojidagi gumanitar fanlarni o‘qitish texnolo-
giyasining roli o‘rganib chiqiladi.
Demak, bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik texnologiyalarning meto-
dologiyasi va asoslarini sinchkovlik bilan o‘rganadilar, ulardan kela-
jakdagi o‘quv amaliyotida foydalanishga tayyorlanadilar. Biroq,
bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasi bo‘yicha o‘ziga
xos fan texnologiyalari o‘zlashtirilmay qoladi, shu bilan o‘quvchilar
shaxsi - bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik sohasiga ta’sir
etuvchi ma’naviy-ma’rifiy omilini zaiflashtiradilar.
“Pedagogik texnologiyalar” dasturini modifikatsiyalash bo‘yicha
takliflar: bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik
tarbiyalash jarayo-
nini milliy-badiiy qadriyatlarga moslashtiradigan pedagogik
texno-
logiyalar bo‘yicha bilimlar bilan qurollantirish;
ularni ijodiy va uslu-
biy, pedagogik va texnologik jihatdan barkamol, innovatsion tarz da
tarbiyalash, ajdodlarimizning boy tarixiy-madaniy
merosidan foyda-
langan holda ushbu jarayonni shaxsga yo‘naltirilgan holda amalga
oshirish; bo‘lajak o‘qituvchilarni texnik va kommunikativ vositalarni
texnologik jihatdan faollashtirish va shu bilan birga ularning ma’naviy-
estetik
darajasini oshirish; bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik
173
sohada kasbiy-shaxsiy o‘zini o‘zi tarbiyalash va o‘zini takomillashtirish
texnologiyasiga yo‘naltirish.
Talabalar e’tiboriga quyidagi ma’ruzalar taklif qilinadi: “Talabalarni
ma’naviy-estetik tarbiyalash konsepsiyasi”, “Talabalarning ma’naviy-
estetik tarbiyasi: jarayon texnologiyasi”, “Milliy-badiiy qadriyatlar
aso sida talabalarni ma’naviy-estetik tarbiyalashga tizimli va texno-
logik yondashish”, “Ma’naviy-estetik tarbiyaning tarkibiy va maz munli
asoslari”, “Milliy-badiiy meros orqali ma’naviy-estetik ta’lim texno-
logiyasi asosida o‘quvchilarning shaxsini rivojlantirish”, “Ma’naviy-
estetik tarbiya jarayonlarini chuqurlashtirish texnologiyasi”.
Seminar darslari mavzulari: “Talabalarni milliy-badiiy qadriyatlar
bo‘yicha ma’naviy-estetik tarbiyalash modeli”, “Talabalarni ma’naviy-
estetik tarbiyalashning pedagogik texnologiyalari: loyihalash, rejalash-
tirish”, “O‘quvchilar bilan o‘zbek xalqining badiiy merosi haqida
suhbatlar qurish”, “Talabalarni milliy badiiy qadriyatlar bilan tanishtirish
maqsadida sinfdan tashqari darslarni modellashtirish”, “Abadiy badiiy
qadriyatlar haqida o‘quv ma’ruzasini rejalashtirish”, “Talabalarni
ma’naviy-estetik tarbiyalashning interfaol texnologiyalari”.
Talabalarning mustaqil ishlari tarkibi quyidagi savollarni o‘z ichiga
oladi: talabalar ma’naviy-estetik tarbiyasiga texnologik yondashishning
konseptual qoidalari. Talabalarning ma’naviy-estetik tarbiyasi bo‘yicha
pedagogik texnologiyalarining aspektlari.
Yakuniy nazorat savollari: bo‘lajak o‘qituvchilarning ajdodlarimiz-
ning tarixiy-madaniy (badiiy) merosi to‘g‘risidagi
tushunchalarining
asosiy pozitsiyalari. Talabalarning milliy-badiiy qadriyatlarni
o‘rganishdagi asosiy texnologik tarkibiy qismlari. Ota-bobolarimizning
badiiy qadriyatlari bo‘yicha ma’naviy-estetik tarbiyalash texnologiyalari
asosida talabalarning shaxsini rivojlanish mazmuni.
Dostları ilə paylaş: