217
keyinroq “didaktika” ta’lim nazariyasi kelib chiqqan).
O‘g‘il bolalarni maktabga qullar etaklab borishgan. Bunday qullar
“pedagog” deb atalgan. Afinadagi grammatist maktabida o‘qish, yozish
va hisoblash o‘rgatilgan. O‘qishda harflarni alohida o‘qitish usuli, so‘ng
qo‘shib o‘qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o‘rgatishda mum
surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka cho‘p
yordamida yozganlar.
Sonlar barmoqlar, sopol toshlar,
sanoq taxtasi
yordami bilan hisoblangan. Kifarist - maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy
bilim berilar, estetik mazmundagi deklomatsiyalar o‘rgatilar (“Iliada va
Odisseya”dan parchalar o‘qitilar) edi.
O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga etganlaridan keyin “Polestra” kurash
maktabi deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular
23-yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Masalan:
sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irg‘atish mashqlari va
suvda suzish o‘rgatilgan.
Spartadagi kabi Afina maktablarida ham o‘quvchilar
bilan siyosiy
va axloqiy masalalarda suhbatlar o‘tkazilgan, o‘qish tekin bo‘lgan
“Gimnasiy” maktabida polestra maktabini tugatgan badavlat oila
farzadlari tahsil olganlar.
Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari
o‘rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar
davlatni boshqarishda
qatnashishlari mumkin bo‘lgan.
“Efeb” maktabida 18-20 yoshga qadar tahsil olganlar. Bu maktabda
harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni
davom ettirar edilar. Bu maktabda istehkomlar qurishni,
harbiy
aslahalarni ishlata bilishni, garnizonlarda xizmat qilishni, dengizchilik
o‘rgatilgan. Bundan tashqari “Demos” (xalq) maktabi ham mavjud edi.
Afinada quldorlik jamiyati ichida tabaqalanishning tarbiya sohasiga
o‘tkazgan ta’siri shundan iborat bo‘ladiki,
mukammal tarbiya olish
faqat badavlat quldorlarning bolalarigagina hos bo‘lib qoldi. Aholining
ko‘pchiligi bolalarini maktablarda o‘qita ololmaganligi sababli ularga
kasb-hunar o‘rgatar edilar. Ayrim xatsavodli kishilar bolalariga o‘zlari
xatsavod o‘rgatganlar. Bu usul ham davlat
tomonidan qonunlashtirib
qo‘yilar edi.