Shukurullo mardonov umida zokirova


 Ibn Sino ta’lim–tarbiya haqida



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

3.5. Ibn Sino ta’lim–tarbiya haqida
Abu Ali ibn Sino (980-1037) 980-yilda Buxoro shahri yaqinidagi 
Afshona qishlog‘ida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Uning 
otasi Abdulloh va uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning 
ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashar edi. Bunday oila-
viy muhit, Buxoro shahridagi ko‘plab madrasalar, kasalxona va nodir 
kitoblar saqlanadigan kutubxonalarning mavjudligi ham yosh va iqti-
dorli ibn Sinoga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. U maktabda o‘qib ko‘pgina 
ustozlardan ta’lim oladi. Masalan: Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, 
xandasa bo‘yicha, Buxorolik Abu Mansur Qamariydan til bo‘yicha 
ta’lim oladi.
IX asr oxiri va X asr boshlariga kelib o‘lkada siyosiy ijtimoiy vaziyat 
murakkablashadi. Shuning uchun ibn Sino Xorazmga - Urganchga 
ko‘chib o‘tadi. Xorazmda bir qator olimlar bilan hamkorlikda Beruniy 
boshqarayotgan “Ma’mun akademiyasida” ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. 
Natijada o‘zining yirik asari “Tib qonunlari”, “Ash-Shifo” ustida ish 
olib boradi.
Ibn Sino fanning turli sohasiga oid 450 dan ortik asar yaratadi. 
Lekin bizgacha 250 ga yakini etib kelgan bo‘lib, ulardan 50 dan ortik 
qo‘l yozmalari O‘zbekiston fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Be runiy 
nomidagi Sharqshunoslik institutining kitob fondida saqlanib kelin-
moqda. U ta’lim-tarbiyaga ta’lluqli bo‘lgan quyidagi asarlarni yaratgan. 


56
Masalan: “Tadbir al-Manozil” (turar joyni boshqarish), “Axloq haqida 
risola”, “Burch haqida risola”, “Nafsni pokiza tutish”, “Badanni 
boshqarish”, “Adolat haqida kitob”, “Al-qonun”, “Ishq haqida risola”, 
“Xay ibn-Yakzon”, “Nomozning mohiyati haqida risola”, “Ziyorat 
qilishning ma’nosi haqida”, “An-Najot”, “Ash-Shifo”, “Donishnoma” 
kabi asarlari bilan ilm-fanga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir.
Shuning uchun ham Sharqda unga, “Shayx ur-Rais” - ya’ni 
olimlarning olimi degan yuksak unvon berilgan.
U o‘zining “Axloqqa oid risola”sida insonning umumiy fazilati ha-
qida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning 
paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida to‘xtaladi. Uning fikricha yaxshi 
va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo‘ladi, odamlarning 
yaxshi yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo‘r 
bo‘ladi, deydi.
Ibn Sino axloqiy hislatlardan: iffat, qanoat, sahiylik, shijoat, sabr, 
muloyimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo‘lish, kamtarlik, 
adolatlilik, do‘stlik, vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif 
beradi. U insoniy fazilatlarga:

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin