117
33 o‘quv-yilida qariyb ming kishiga 1941-yili esa 42 ming kishiga
etgan. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, 1933-yil boshlarida
xalq ta’limi tizimlarida o‘tkazilgan “tozalash” oqibatida ijtimoiy kelib
chiqishi nuqtai nazaridan “ishonchsiz” bo‘lgan minglab bilimdon va
tajribali muallimlar haydalib, ular o‘rniga qisqa muddatli kurslarni
bitirgan saviyasi past, lekin ijtimoiy jihatdan “ishonchli” qatlamlardan
qo‘shimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning
boshqa sohalarida ishlash uchun yuborildilar.
Bu-yillarda respublika oliy o‘quv yurtilari tarmog‘i ham ortib
bordi. Samarqandda O‘zbekiston davlat universiteti, Buxoro, Farg‘ona,
Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch
shaharlarida oliy maktablar tashkil etildi. 20-yillar o‘rtalaridan boshlab
mustabid tuzum O‘zbekistonda qator ilmiy-tadqiqot institutlari tash-
kil qildi. 1932-yilga kelib o‘zbekiston olimlari Respublika Fanlar
Akademiyasini tashkil etish ishiga kirishdilar. Bu yo‘lda ilk tashlangan
qadam Markaziy Ijroiya Qo‘mita qoshida 1932-yil 11 oktyabrda
O‘zbekiston ilmiy-tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi res-
publika qo‘mitasining tuzilishi bo‘ldi. 40-yillarning boshida O‘zbe-
kistonda 60 dan ortiq maxsus ilmiy-tekshirish muassasalari, laboratariya
va stansiyalari mavjud bo‘lib, ulardan nazariy va amaliy fan sohalari
bo‘yicha turli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirildi. 1940-yil
9 yanvarda Fan Qo‘mitasi Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbekiston
filialiga aylantirildi.
Dostları ilə paylaş: