134
pedagogika fanlari seksiyasining raisi sifatida pedagogika, psixologiya
va umuman pedagogika turkumidagi fanlarning muhim masalalarini
yoritishda ham muallif, ham tashkilotchi sifatida katta hissa qo‘shib
keldi.
Respublikamiz fanini rivojlantirishga beqiyos kattahxissa qo‘sh-
gan olimlarimizdan yana biri akademik Habib Abdullayevdir. Uning
geologiya, jumladan, bu fanning petrologiya-metallogenik tarmog‘i
sohasidagi tadqiqotlari O‘zbekistondagina emas, chet mamlakatlarda
ham e’tarof etildi. H.Abdullayev 1956-1962-yillarda O‘zbekiston
Fanlar Akademiyasining prezidenti lavozimida xizmat qilish bilan
birga, yirik ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Yuqori malakali ilmiy xodimlar
tayyorlashga aloxida e’tibor berdi. Uning tashabbusi va jonkuyarligi
bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari fanning yangi
yo‘nalishlariga asos soldilar. Shuni ta’kidlash lozimki, XX asr 2
yarmida O‘zbekiston Fanlari Akademiyasi olimlari fizika-matematika,
mexanika, boshqaruv jarayonlari va informatika, kimyo-texnologiya,
tuproqshunoslik, biologiya, ijtimoiy-gumanitar fan sohalarida katta
yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Bu yutuqlar akademiya laboratoriyalari
va institutlari olimlarining ko‘plab avlodlari fidokorona va yuqori
kasbiy darajada olib borgan ilmiy tadqiqotlari natijasi bo‘ldi. Aynan
ularning mehnati tufayli keng e’tirof etilgan ilmiy maktablar vujudga
keldi, yangi ilmiy yo‘nalishlar rivoj topdi, ko‘plab ilmiy xodimlar
tayyorlandi, ilmiy ishlovlar amaliyotga tadbiq etildi. O‘zbek olimlari:
geologlar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev, biokimyogar Yolqin
To‘raqulov, kimyogarlar Obid Sodiqov, N.Nabiyev, Sobir Yunusov, fizik
va matematiklar T.N.Kori-Niyoziy, Toshmuxammad Sarimsaqov, Ubay
Oripov, texnika fanlari sohasidagi olimlar Muhammad O‘rozboyev,
Vosit Qobulov, faylasuf Ibroxim Mo‘minov, tarixchi Yaxyo G’ulomov,
pedagog Siddiq Rajabov, Iminjon Qodirov va boshqa ko‘plab
olimlarning nomlari O‘zbekistondan tashqarida ham shuhrat qozondi.
Dostları ilə paylaş: