145
o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim,
ko‘nikma va malakalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan
turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limni tashkil etish O‘zR MV tomonidan belgilanadi.
Dual ta’lim
(17-modda). Dual ta’lim ta’lim
oluvchilar tomonidan
zarur BKMni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim
tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida
amalga oshiriladi.
Dual ta’limni tashkil etish O‘zR VM tomonidan belgilanadi.
Shuningdek ushbu bobda “Oiladi ta’lim olish va mustaqil ta’lim
olish” (18-modda); “Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim
berish” (19-modda); “Inklyuziv ta’lim (20-modda); “Eksternat tartibdagi
ta’lim” (21-modda); “Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish
faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash” (22-modda) kabilar o‘rin olgan.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fan-
lari ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika
universiteti, Chirchiq, Jizzax, Qo‘qon, Navoiy, Nukus davlat pedagogika
institutlari yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo‘yicha
Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarining ijrochilari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda, O‘zbekistonning mustaqil
taraqqiyoti strategiyasi,
o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu orzu-
umidlarini, milliy istiqlol mafkurasining asl mohiyatini yoshlar qalbiga
va ongiga singdirish jarayoni kechayotgan bir davrda bu muhim ishni
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi
qonun asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi. Zero, istiqlol
mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, o‘z bilimi va
kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: