13.4. Komenskiy o‘qituvchilik kasbi haqida Komenskiy intizomning ahamiyati borligini ko‘rsatib “Intizomsiz
maktab suvsiz tegirmondir” degan chex maqolini keltiradi. U O‘rta asr
maktablarida kaltak vositasi bilan uradigan intizomga qarshi chiqadi.
Kaltak, xipchin - qullik qurolidir deydi. U bolalarga insoniy muomalada
bo‘lishni tavsiya etadi. Bunda u o‘qituvchi namuna ko‘rsatishi, samimiy
ochiq xayrixohliga, o‘qituvchining bolaga bo‘lgan to‘g‘ri munosabati,
bolani ko‘pchilik oldida, o‘rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki qoralash
intizomlilikka olib keladi deydi.
Komenskiy o‘qituvchining vazifasi haqida fikr bildirib o‘z davridagi
iste’dodsiz, ma’lumotsiz o‘qituvchilarni qattiq tanqid qiladi.
O‘qituvchilikni “er yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq
turadigan juda fahrli kasb” deb hisoblaydi. O‘sha davrda o‘qituvchiga
hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy axolining o‘qituvchiga hurmat
bilan qarashini talab etish bilan o‘qituvchining ham vazifasini ko‘rsatib
o‘tadi. Uning fikricha o‘qituvchi sof vijdonli ishchan axloqli bo‘lishi,
o‘z ishini sevishi, o‘quvchilarga o‘z farzandlaridek muomala qilishi,
o‘zi namuna ko‘rsatib, o‘quvchilarni o‘ziga ergashtirishi kerak deydi.
13.5. Komenskiy pedagogik qarashlarining ahamiyati Hulosa qilib aytganda Komenskiining pedagogik nazariyasi va
“Buyuk didaktika” asarida o‘qitish haqida ilmiy ta’limot yaratildi va
quyidagi masalalar asoslab berildi. Insoniyat baxt-saodatining muhim
vositasi sifatida umumiy ta’limni amalga oshirish; yosh avlodga chuqur
va keng ma’lumot beradigan maktablar tizimini yaratish, xotin-qizlarga
ham erkaklar singari bilim, ma’lumot berish; maktabgacha tarbiyaning
mukammal tizimini ishlab chiqish, hamma bolalarga aniq bilimlar
berishni talab etish; didaktik tamoyillarini asoslash; ta’limning sinf-
dars tizimini yaratish.
Shunday qilib ajoyib slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy
butun dunyoda pedagogaka ilmiga, pedagogak fikrlar va maktablar
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun ham butun
insoniyat Komenskiyni behad qadrlaydi.
Uning darsliklari ko‘p tillar, jumladan rus tiliga tarjima etiladi.
232
Komenskiyning yozgan asarlari 150-yildan ortiq bashlang‘ich ta’lim
uchun darslik sifatida xizmat qildi. Uning pedagogaka sohasida yaratgan
darsliklari hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelmoqda.