Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

Yaponiya ta’limidagi
:
a) bolani maktabga puxta tayyorlash;
b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar mas’uliyatini
kuchaytirish;
v) o‘quvchilarning nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan
e’tibor;
g) o‘qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
d) yosh iqtidor sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
Germaniya ta’limidagi:
a) tabaqalashtirib o‘qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
b) o‘quvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash;
v) kasbga yo‘naltirish.
Fransiya ta’limidagi:
a) maktabgacha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tashkil 
etish;
b) boshlang‘ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish;
v) o‘quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta 
e’tibor;
g) o‘kuv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar 


253
mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham 
ko‘chsa, bizning pedagogikamiz olga qarab dadil qadam bosgan bo‘lar 
edi. 
Bu borada Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan taklif 
qilingan ta’lim tizimining innovatsion klasteri e’tiborga molik.
Albatta, ta’limga har qanday yangilik, o‘zgartirish jiddiy tahlillar, 
tajribalar asosida kirib keladi. “Zo‘rlab tiqishtirish” bizning uslubiyot 
emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadqiqotchi 
maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, yurtim deb kuyib 
yonadigan bo‘lmog‘i, “o‘z shaxsiy manfaatlarim uchun davlat menga 
nima berdi emas, balki men davlat ravnaqi uchun nima qildim” degan 
mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va 
maorif taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini sharhlab bering.
2. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi “ta’limni 
tabaqalashtirish” usullarini izohlab bering.
3. AQSH da ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega ?
4. AQSH ta’lim tizimi qanday xususiyatlari bilan O‘zbekiston 
ta’lim tizimidan farq qiladi ?
5. Yaponiya ta’limining shakllanishi va uning o‘ziga xos 
xususiyatlarini ko‘rsating.
6. Yaponiyada ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlarini izohlab 
bering.
7. Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izohlang.
8. Fransiya ta’lim tizimini ilg‘or jihatlari nimalarda namoyon 
bo‘ladi ?
9. Germaniya ta’lim tizimini izohlab bering.
10. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasi ta’lim tizmidagi o‘zaro uyg‘unlik jarayonini izohlang.


254

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin