6.2. Bug’-kuch qurilmasi
Issiqlik energiyasida suv bug’i keng qo’llaniladi,masalan bug’-kuch qurilmasida.
Bug’-kuch qurilmalari qozon agregati, bug’ turbinasi, kondensator, nasos, elektrogenerator va boshqa yordamchi uskunalardan tashkil topgan. qozon agregati, o’z navbatida o’choq, bug’latish sirtlari, bug’izdirgichlar, suv ekonomayzeri, havo isitkich, va turli hol ventilyatorlardan tashkil topgan.
Bug’-kuch qurilmalarining nazariyssikli Renkinssikli hisoblanadi (5.2-rasm).
Renkinssikli quyidagicha o’tadi:
5.2-rasm. Renkin siklining bug’-kuch qurilmasi.
1-qozon, 2-bug’izdirgich, 3-bug’ turibinasi, 4- elektrogenerator, 5-kondensator, 6-nasos.
Qozon qurilmasidan (1) yuqori bosim va temperaturadagi qizdirilgan bug’ turbinasi (3)ga uzatiladi. SHunda bug’ tashqaridan ortiqcha miqdorni olmasdan (dqq0) bug’ turbinasida kengayish jarayonida foydali ish bajaradi. Turbinada ish bajarib bo’lgan suv bug’i o’zidagi qoldiq Issiqlik energiyasini kondensator (5)dan sovitgichlarga uzatadi. Nasos (6) yordamida kondensat (hosil bo’lgan suv) qozon agregatiga uzatiladi.
Real sharoitlarda, nasosdan o’tgan suv albatta ekonomayzerdan o’tib, so’ng qozon agregatiga quyiladi. qozon agregati o’txonalarida yoqilgan Yoqilg’ining Yonish mahsuloti tashqariga olib chiqib ketayotgan, foydalanilmayotgan qoldiq, Issiqlik miqdoridan samarali foydalanish maqsadida, tutun yo’llariga ekonomayzer orqali o’tayotgan kondensatga beradi va shu qoldiq Issiqlik yana qozon agregatiga qaytariladi.
Qozon agregatining o’txonasida yoqilgan Yoqilg’i ajratgan asosiy Issiqlik miqdori qozonga quyilgan suvga beriladi. Bu suvlar avval ekonomayzer orqali o’tish jarayonida to qozongacha, ma’lum darajada isigan bo’ladi. So’ng suv o’zining agregat holatiga o’zgartiradi, ya’ni bug’lanadi. Suvning bug’lanishi o’zgarmas bosim ostida kechadi, lekin shu yutilgan Issiqlik hisobiga bug’ o’z hajmini ortiradi, ya’ni qiziydi. Bu qizdirilgan bug’ning parametrlari ish, bajaradigan darajagacha ko’tarish uchun qo’shimcha Issiqlik miqdori kiritiladi. Bunday jarayon qozon agregatining bug’izdirgich qismida amalga oshiriladi.
Renkinssiklining bajarilgan ishi:
Aqi1-i2 (5.1)
Bu erda i1 - suv bug’ining boshlang’ich etalьpiyasi
i2 - turbinadan so’ng suv bug’ining etalьpiyasi.
Siklning F.I.K.
(5.2)
i3 - kondensatning etalьpiyasi.
Zamonaviy bug’-kuch qurilmalari o’ta murakkab bo’lishiga qaramasdan F.I.K 9098% ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |