14..1- rasm. Yassi uch qatlamli devor
Ko’p qatlamli devor orqali Issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan Issiqlik uzatish protsessi statsionar rejimda ko’rib chiqiladi, shu sababli devorning har qaysi qatlami orqali o’tadigan solishtirma Issiqlik oqimi d kaggaligi jihatdan o’zgarmas va barcha qatlamlar uchun bir xil bo’ladi, lekin u o’z yo’lida u,ar qaysi devor qatlamining ma^alliy termik qarshiligi 8L ni engib o’tadi. Shu sababli har qaysi devor qatlami uchun (14-7) formula asosida quyidagicha yozish mumkin:
Bu tengliklardan har qaysi qatlamda temperaturaning o’zgarishini aniqlasa bo’ladi:
Bu nisbatdan ko’p qatlamli devor orqali o’tadigan solishtirma Issiqlik oqimi q ning kattaligini aniqlash mumkin;
(14-12) tenglamadan ko’p qatlamli devorning umumiy termik qarshiligi har qaysi qatlam termik qarshiliklarining yig’indisiga teng, degan xulosa kelib chiqadi:
d qatlamli devor uchun (14-12) formula quyidagi ko’rinishda yozilali:
- (14-11) va (14-12) formulalar asosida noma’lum temperaturalarning qiymatlarini topish mumkin:
Aqqsonst bo’lganda devorning har qaysi qatlamida temperaturaning taqsimlanishi chizig’iy qonunga bo’ysunadi, bu tenglikdan ko’rinib turibdi. Umuman ko’p qatlamli devor uchun temperatura egri chizig’i siniq chiziq ko’rinishida bo’ladi .
Ko’p qatlamli devor uchun olingan formulalardan qatlamlar orasida Issiqlik kontakti yaxshi bo’lgandagina foydalanish mumkin. Agar qatlamlar orasida kichkina havo zazori paydo bo’lganda ham termik qarshilik syozilarli darajada ortadi, chunki havoning Issiqlik o’tkazuvchanligi juda kichiqdir:
Agar bunday qatlam bo’lishi muqarrar bo’lsa, u holda hisoblashlarda bu qatlam ko’p qatlamli devorning qatlamlaridan biri sifatida qaraladi.