Gazli Yoqilg’ining Yoqilg’ining tarkibi nimadan iborat?
Moddiy va Issiqlik balansini formulasini yozib bering.
Havo ortiqcha koeffitsientining vazifasi nimadan iborat?
Havo ortiqcha koeffitsientining birligin aytib o’ting?
qattiq Yoqilg’i qaerda ishlatiladi?
Suyuq yoqilgig’ qaerda ishlatiladi?
Gaz Yoqilg’i qaerda ishlatiladi?
Pechь qurilmasida qattiq Yoqilg’i qanday yonadi?
12 - Ma’ruza O’txona qurilmalari va ularda yoqilg’ini yoqish usullari
Reja: O’txona qurilmalarining sxemalari.
Yoqilg’ining yonish usullari.
Tayanch so’z va iboralar: O’txona qurilmasi, Yonish sxemalari, Yoqilg’ilar, Yoqilg’ilarning tayyorlash usullari, Yonish jarayonlar, sxema, o’txonaning forsunkalari, o’txonaning gorelkalari, qattiq Yoqilg’ining Yonishi, olov, qatlam Yonishi.
12.1. O’txona qurilmalarining sxemalari Yoqilg’ining Yonish jarayoni kechadigan qurilma o’txona deyiladi. Yonish jarayonining borishini ta’minlaydigan va boshqaradigan uskunalar majmui o’txona q u r i l m a s i deyiladi. Qattiq Yoqilg’i tabiatda qanday paydo bo’lgan bo’lsa, shundayligicha, bo’laklab kukun holiga keltirib yoqilishi mumkin. O’txona qurilmalarini loyihalashda eng avval Yoqilg’ining tejab yoqilishiga, Yonish mahsulotlaridagi tutun va oksidlovchi havo oqimi yo’llarining to’g’ri tashkil qilinishiga hamda o’txonani ishga tushirish, ishlatish ishlarining mexanizatsiyalashganligiga va avtomatlashtirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
O’txonalar qatlamli, kamerali (mash’alali, uyurmali) turlarga bo’linadi.