Qattiq Yoqilg’ini yoqish. Yoqilg’ini qatlamli yoqish o’txonasining asosini panjarali cho’g’don tashkil etadi. Panjarali cho’g’don ustiga ma’lum qalinlikda qattiq yogilgi tekis joylashtiriladi va panjara ostidan atmosfera havosi oqimi tabiiy ravishda yoki majburiyligi oralab o’tib turadi. Oksidlovchi gaz (atmosfera havosi) qattiq Yoqilg’i bilan tasirlashibg’ Yonishni ta’minlaydi va hosil bo’lgan alanga hisobiga Issiqlik energiyasi hamda Yonish mahsulotlari hosil bo’ladi. Yonish mahsuloti bilan Yoqilg’i zarralari atmosferaga uchib chiqib ketmasligi va to’liq einishi hamda ko’proq Issiqlik ajralishi uchun o’txonada hosil bo’lgan gaz oqimining ko’tarilish kuchi Yoqilg’i bo’lakchasining og’irlik kuchidan kichik bo’lishi kerak. Yoqilg’i bo’lakchalarining o’lchami 20-30 mm dan kichik bo’lmasligi lozim.
Panjarali cho’g’don Yoqilg’ini tutib turibgina qolmasdan, Yoqilg’iga havoni o’tkazish, kul va shlakni kulxona tomonga uzluksiz o’tkazib turish vazifasini ham bajaradi. CHo’g’dondagi hamma teshik va tirqishlarning ko’ndalang kesimlari yig’indisi pandaraning jonli kesimi deyiladi. Panjarali cho’g’don o’lchamlari Yoqilg’i turi va uning bo’laklarining katta-kichikligiga mos ravishda tanlanadi. CHo’g’don, asosan cho’yandan quyib ishlanadi va yuzasi katta bo’lganda, u bir necha bo’lakdan tashkil topadi. O’txona cho’g’doni gorizontal, qiya zinapoyali, tebranma zinapoyali (Teylor sxemasi), harakatlanuvchan zanjirli (gorizontal yoki qiya) qilib joylashtiriladi. O’txona qanday qurilganligi va Yoqilg’i turiga qarab cho’g’don qo’zg’almas yoki maxsus mexanizmlar ta’sirida tebranadigan, ilgarilma-aylanma harakat qiladigan bo’lishi mumkin. CHo’g’don ustidagi Yoqilg’iga bu tartibdagi harakatlarni berishdan asosiy maqsad, uning to’liqroq Yonishini, kulning yaxshi ajralishini va havo oqimining to’g’ri o’tishini ta’minlash hamda o’txona ishlarini mexanizatsiyalashdan iborat.
12.2.Yoqilg’ining yonish usullari. Mahalliy yoqish. O’txonaning FIKni orttirish va Yoqilg’ining to’liq Yonishini ta’minlashda qattiq Yoqilg’i maxsus tegirmonlarda kukun holatiga keltirilib, havo oqimi bilan birgalikda o’txonaga uzatiladi. Bunday Yonish mahallali Yonish deyiladi.
Mahalaliy yoqishning asosiy afzalligi Yoqilg’i isrofsiz yonadi va katta miqdorda Issiqlik ajralib chiqadi. Gaz-havo oqimidagi zarralarning suyrilik darajasi kichik bo’ladigan mash’alali yoqish jadalligining chegaralanganligi hamda oqim o’zgarishi Yonishga tez ta’sir etishi bu usulda yoqishning asosiy kamchiligi hisoblanadi.