Щзбекистон республикаси олий



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə44/58
tarix21.02.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#123558
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Щзбекистон республикаси олий

15 – Ma’ruza
Bug’ qozondagi suv holatini o’zgarishi


Reja:
1. Suvni qaynashining jarayoni.
2. Issiqlik almashinuvi.
Tayanch so’z va iboralar.
Pufakchaning ichki radiusi, Issiqlik uzatish koeffitsienti, kondensat, kondensat sarfi, Issiqlik kondensatsiya, qatlamli kondensatsiya, tomchilash kondensatsiya, kondensatsiyaning issiqligi, vertikal trubada tomchilash kondensatsiyasi.


15.1. Suvni qaynashining jarayoni.
Bug’ qozondagi suvga biror miqdordagi Issiqlik uzatilsa,uning agregat holati o’zgaradi. Suvning qaynash temperaturasi to’yingan bug’niki Ttb ga teng, ya’ni Ts=Ttb bo’lganda suv hajmida bug’ bo’lishi mumkin emas va Issiqlikning uzatilishi tabiiy konveksiya bo’yicha ruy bera olmaydi. CHunki suyuqlik hajmidagi suv bug’i pufakchasi ichidagi bosim Pp pufakcha sirtiga ta’sir qilayotgan suv bosimi Rs va sirt taranglik kuchi yig’indisiga teng bo’ladi.
Ma’lumki, Pp>Ptb bo’lsa Tp>Ttb sharti bajarilganda, hech bo’lmaganda Tp=Ts bo’ladi. Suvning qaynashi uchun Ts>Ttb shart bajarilishi kerak. SHunda sirt taranglik kuchi asosiy bo’lib, pufakga bosimning orttirmasiga qaynash bog’liq bo’ladi, ya’ni ΔP qancha katta bo’lsa, suv shuncha tez qaynaydi.SHunda ΔTs=Ts-Ttb ham katta bo’ladi.
(15.1)
bunda: σ - sirt tarangligi kuchi;
R - pufakchaning ichki radiusi, m
Demak, bug’ pufakchasining radiusi qancha kichraytirilishidan qat’iy nazar, ma’lum Rkr (kritik radius)da pufakcha ichidagi Ps=ΔP bosimlar yig’indisi biror Ts=Ttb=ΔTs temperaturada bosimiga tenglashadi.
Shunda Pp>Ps=ΔP bo’lganligidan pufakcha radiusi ortib boradi, ya’ni shishadi. Pkr>P bo’lganda pufaklar sirt taranglik kuchi hisobiga siqiladi va ular suyuqlik bilan qo’shilib ketadi.Tahlildan shunday fikr kelib chiqadi: pufaklar radiusi noldan boshlanganda suyuqlik hech vaqt qaynamagan bo’lar edi.
Issiq sirtga beriladigan Issiqlik miqdori ortib borganida gaz pufakchalarining hosil bo’lishi jadallashadi va ma’lum temperaturada suyuqlik va Issiq sirt o’rtasida bug’ parda pydo bo’ladi. SHunday holat o’rinli bo’lganda issiq sirt bilan suyuqlik o’rtasida bug’ pufakchalari orqali Issiqlik almashinuvi va bug’ hosil bo’lishi jadallashadi lekin, bug’ pufakchalarining Issiqlik o’tkazuvchanligi yomon bo’lganligidan bug’ pardasi Issiqlik almashinuviga to’sqinlik qiladi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin