2.2. Termodinamika I-qonuni.
Termodinamikaning I-qonuni, massa va energiya saqlanish va aylanish qonunining Issiqlik hodisalariga qo’llanilishining xususiy holidir, chunki, energiya bordan yo’q bo’lmaydi, yo’qdan bor bo’lmaydi, faqat bir turdan ikkinchi to’rga aylanadi.
Har qanday termodinamik sistemaning parametrlari shu sistemaga tashqaridan ma’lum miqdordagi q Issiqlik miqdori kiritilganda (yo chiqarilganda) o’zgaradi. Sistema muvozanat holatidan chiqadi yoki muvozanat holatiga qaytadi.
Termodinamik sistema (birorta qattiq modda ) q Issiqlik miqdorini yutgandan so’ng uning parametrlaridan ayrimlari (bosimi, hajmi, temperaturasi) o’zgaradi, ya’ni hajmi dV ga, temperaturasi dTga ortadi. Agar qattiq jism o’rniga gaz yoki suyuqlik olinsa,unda bosim R, hajm V va temperatura T ham o’zgaruvchan bo’ladi.
Demak sistemaning temperaturasi dT ga ortsa, uni tashkil etgan zarralarining kinetik energiyasi ham ortadi, hajmi dV gaz kattalashganda zarralar orasidagi tutinish kuchlari kamaysa-da,potensial energiyasi ortadi. Sistemada bunday holatning paydo bo’lishi uning ichki energiyasi dU ni ortiradi. Har qanday sistema tashqi muhit ta’sirida bo’ladi, u bilan ta’sirlashadi. Sistema muvozanat holatiga qaytishi uchun tashqi muhitga biror bosim R bilan ta’sir ko’rsatib, tashqi kuchlarga qarshi ish bajaradi.
Sistemaga uzatilgan Issiqlik miqdori shu sistema ichki energiyasining o’zgarishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan foydali ishga sarflanadi.
Termodinamika I-qonunining matematik ifodasini quyidagicha yozish mumkin:
qqduQA (3.7)
2.3. Termodinamika asosiy parametrlari.
Etropiya (aylanish, o’zgarish)termodinamik sistemaning holat, funksiyasi bo’lib,u S harfi bilan belgilanadi:
(3.8)
Etropiya termodinamik sistema bilan tashqi muhitning o’zaro Issiqlik almashinuvi jarayonining kechish yo’nalishini ifodalaydi. Termodinamik sistemaning tashqi muhit bilan ta’sirlashuvining xususiyatiga qarab kvazistatistik (qaytuvchan, muvozanatli) jarayonlarda etropiya qiymati musbat va manfiy ishorali hamda nolga teng bo’lishi mumkin, ya’ni ds>0 - modda isitilayapti; ds<0 - modda sovitilayapti; dsq0 - modda muvozanat holatida. Amaliyotda etropiyaning absolyut qiymatidan emas, balki uning termodinamik jarayonidagi o’zgarishidangina foydalaniladi, ya’ni
(3.9)
0>
Dostları ilə paylaş: |