18.3 Gelioqurilmalari. Bizga ma’lumki, quyosh radiatsiyasi doirasida qoldirilgan har qanday predmet qiziydi. quyosh issiqligidan foydalanish yana shu prinsipga asoslangan.
O’zbekistonda quyosh issiqligidan foydalanishning ming yillik an’analari bor. Undan hozirga qadar va hozirgi kunda ham, xomg’isht tayyorlash, loydan qurilgan inshootlarni quritish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, binolarda suv va havoni isitish uchun foydalanib kelinmoqda.
Ammo quyosh energiyasidan bunday ko’rinishida foydalanish samaradorligi uncha katta emas. Uni maxsus qurilmalardan foydalanish hisobiga oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda quyosh energiyasini Issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilmalardan foydalanish yo’llari va shakllari etarligi ishlab chiqilgan. SHunga qaramasdan eng ko’zga ko’rinarlisi geliyli suv isitgichdir. SHuning uchun bu bo’limda bunday qurilma asosiy konstruktiv unsurlari ko’rib chiqiladi va shu bilan bir qatorda ularga qo’yiladigan talablar umumiy xususiyatlari ko’rsatiladi.
2–rasmda quyosh energiyasi yordamida suvni isitish qurilmasi umumiy ko’rinishi berilgan.
Bunday qurilmalarning ishlash prinsipi oddiy. U maxsus qurilmalar, ya’ni quyosh kollektorlari tamonidan quyosh energiyasini singdirishga va undan iste’molchi tamonidan keyin foydalanish uchun Issiqlikni saqlash tizimiga uzatishga asoslangan.
Quyosh suv isitgich qurilmasi namunaviy konstruksiyasi tizimi 2a, 2b–rasmlarda ko’rsatilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki qurilma to’rtta asosiy qismlardan tuzilgan: 1) kollektor tizimi; 2) Issiqlik saqlash tizimi; 3) taqsimlash va iste’mol tizimi; 4) nazorat qilish va boshqarish tizimi.