20.5-rasm. Bug’qozonida suv va bug’ning tabiiy harakatissirkulyasiyasi yopiq konto’rining sxemasi
Shunday qilib, barabanlar sonining samayishi bilan bir vaqtda qozon isish sirtining konvektiv qismi qisqardi va o’txonada ekranlar tarzida joylashgan eadiatsion qismi ko’paydi; ekranlar qozon agregatining qo’shimchasi emas, balki uning asosiy elementi bo’lib qoladi.
O’txonalarni ekranlash bilan bir zaktda havo isitkichlar va konvektiv shaxtada joylashadigan suv ekonomay?erlari ham keng qo’lamda ishlatila boshlandi.
Hozirgi vaqtda vertikal suv-trubali qozonlar har qanday quvvatdagi statsiolar qozon ustanovkalarining asosiy tipi bo’lib koldi. Ishlab chiqariladigan qozon agregatlarining
parametrlari texnik qoidalari bilan aniqlanadi.
Qozon devorlarining o’ta qizib ketishi ularning buzilish xavfini tug’diradi; buning oldini olish uchun qozonning qiziydigan sirtlaridan Issiqlikni tez olib turish kerak. Issiqlikni qozon ichida qizish sirti bo’ylab to’xtovsiz harakatlanadigan suv va suv-bug’ aralashmasi olib turadi. Bu harakatssirkulyasiya deyiladi.ssirkulyasiya sistemasiga ko’ra qozonlar tabiiyssirkulyasiyali, va majburiyssirkulyasiyaliqozonlarga bo’linadi.
Tabiiyssirkulyasiyali qozonlarda suvning va bug’-suv aralashmasining harakatlanishi ularning zichliklari orasidagi farqka asoslanib amalga oshiriladi. Majburiyssirkulyasiyali qozonlarda suv bilan bug’-suv aralashmasissirkulyasion nasos yordamida harakatlantiriladi.
-rasmda tabiiyssirkulyasiya yopiq konturining sxemasi tasvirlangan. Suv tushirish trubalari 2 o’txonadan tashqarida yoki o’txonaning kamroq isiydigan zonasiga joylashtiriladi. Kollektor 3 va ko’tarish trubalari 4 yuqori temperatura par zonasida bo’ladi.
T a’minlash suvi baraban bug’ yig’gich / dan tushirish trubalari orqali o’tib, kollektorni va ko’tarish trubalarini to’ldiradi. Kollektor va ko’tarish trubalari yuqori temperaturalar zonasida bo’lganligi uchun suv qaynaydi va hosil bo’lgan bug’-suv aralashmasi zichligi kamligi sababli qozon barabaniga ko’tariladi. Barabanda bug’ suvdan ajraladi va bug’izdirgichga yo’naladi, suv esa yana truba 2 lar orqali kollektor 3 ga tushadi. SHunday qilib, qozonda suv va bug’-suv aralashmasining tabiiyssirkulyasiyasi vujudga keladi. O’ta qizigan bug’ sistemadan iste’molchiga yuborilishi sababli sistema zarur bo’lganda yangi ta’minlash suvi bilan to’lib turadi.
Qozon ishonchli va xavfsiz ishlashi uchun undagissirkulyasiya barqaror bo’lishi, ya’ni suv va bug’-suv aralashmasi oknmlarining konturdagi harakati to’xtovsiz hamda zaruriy hisobiy tezlik bilan borishi lozim. Aks holda ko’tarish trubalarida bug’opchiqlari vujudga kelib, shu joylar qattiq qizib ketishi va trubalarning devori emirilishi mumkin.
Agar tabiiyssirkulyasiya ishonchsiz va beqaror bo’lsa, u holda majburiyssirkulyasiyadan foydalaniladi.