16.2. Binarssikli bug’-kuch qurilmasi Ish jismli sifatida ikkita moddadan foydalaniladigan va ular mutlaqo bir-biriga aralashmaydigan hamda mustaqilssikllarga ega bo’lgan Issiqlik - kuch qurilmasi binarssikli kuch qurilmasi deyiladi. Simob - suv binar kuch qurilmasi bunga misol bo’la oladi (16.2-rasm).
Qurilmaning birlamchi berk konturida ish jismi sifatida simob olingan va maxsus konstruksiyadagi turbina-kondensator qo’llanilgan. Simob zaharli modda, uning kritik nuqtasining temperaturasi Tq1673,15 K, shu nuqtadagi bosim Rq980.105 Pa.
Issiqlik almashtirigichda (kondensator) simob yuqori temperaturada ham to’yinish holatiga ( Tq498,35 K) o’ta oladi. Suv bunday xossaga past temperaturada (Tq306,03 K) o’tadi. Suv bug’ini qaytadan qizdirish temperaturasi Tq873,15 K bundan yuqori temperaturalarga qizdirishga qo’llanilgan o’tga chidamli materiallar bardosh bera olmaydi. Oqibatda suv bug’ining yuqori temperaturalaridan foydalanib bo’lmaydi. Bu kamchilikni tugatish maqsadida binarssiklli kuch qurilmalaridann foydalanishadi. Sxemadan ko’rinib turibdiki, Issiqlik birlamchi berk konturdan (ish jismi-simob) ikkilamchisiga (ish jismi suv bug’i) maxsus qurilma-simob turbinasining kondensatorida regenerativ Issiqlik almashinuvi orqali keltiriladi. Simobli kondensator to’yingan suv bug’ining qozoni vazifasini bajaradi. To’yingan suv bug’i simobli kondensatorda hosil bo’lgandan so’ng, yana qo’shimcha simobli turbina konturidagi qozon qurilmasining bug’izdirgichida issiq gaz temperaturasi kerakli qiymatlarga etkaziladi. SHundan keyin ikkinchi berk konturdagi bug’ turbinasiga uzatiladi. Turbinada, bug’ kengayib ish bajarishsh jarayonida, Issiqlik almashinuv hisobiga suyuqlikka aylanadi.
16.2-rasm. Simob-suv binar kuch qurilmasi.
Ushbu binarssikl uchun karnolashtirish koeffitsient kiritiladi.
(16.2)
Binarssiklda bajarilgan ishni simob turbinasida va bug’ turbinasida ish jismlarining adiabatik kengayishidagi Entalьpiyalari o’zgarishlarining yig’indisi ko’rinishida ifodalash mumkin.
(16.3)
Binarssiklning termik F. I. K. boshqassikllarnikidan katta: