Bitiruv-malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv-malakaviy ishida Sidqiy Xondayliqiy ijodini puxta o`rganish, nasriy asarlarining o`ziga xos g`oyaviy xususiyatlarini yoritish maqsad qilib qo`yilgan. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
Sidqiy Xondayliqiyning hayot yo`li va adabiy merosi haqidagi ma’lumotlarni o’rganish.
Sidqiy Xondayliqiy ijodi mustaqillik davrigacha va mustaqillikdan so`ng qay darajada yoritilganini bilib olish.
Adib ijodining g`oyaviy mazmuni va badiiy jihatlarini aniqlash, shoirlik mahoratining o`ziga xos qirralarini o`rganib chiqish.
Diniy-ma’rifiy mavzuidagi nasriy asarlarini o`rganib, tahlil qilish.
Sidqiy Xondayliqiyning diniy-ma’rifiy hamda axloqiy-ta’limiy mavzuidagi asarlarini ilmiy jihatdan tahlil qilish.
Sidqiy Xondayliqiy ijodida g`oya, mazmun va badiiyat mutanosibligiga ishora etuvchi baytlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish.