1.3. Shoir ijodida an’ana va yangilik.
1.4. Sidqiy Xondayliqiy she’riyatining mavzular olami va badiiyati.
II.BOB. Sidqiy Xondayliqiy nasriy merosining o‘ziga xos xususiyatlari va badiiyati.
2.1. “Sad irshod yoxud sad qonun”- xalq donoligining go‘zal durdonasi.
2.2. “Zarbulmasali Sidqiy”- savol-javobga asoslangan asar.
2.3. “Holoti Sidqiy”- biografik asar namunasi.
2.4. Imom A’zam siymosi Sidqiy Xondayliqiy talqinida.
2.5. “Mezoni shariat”- diniy asar namunasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.Vatanimizning mustaqilligi yildan yilga an’ana va qadriyatlarimizni e’zozlash, ularni zamon talablari asosida boyitish va rivojlantirish, o`zligimizni anglash, dunyo hamjamiyatida munosib o`rin egallashdek ezgu maqsadlarimizni amalga oshirishda ulkan imkoniyatlar yaratib kelmoqda.
Sidqiy Xondayliqiy jadid adabiyotida munosib o`rin egallagan ulkan ijodkordir. Xondayliqiy nafaqat shoir balki arab va fors tillarini puxta bilgan ajoyib tarjimon hamdir. Shoirning lirik asarlari shuni ko`rsatadiki, u mumtoz adabiyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat va odamiylik singari eng yaxshi an’analarni davom ettiradi. U buyuk Alisher Navoiyga alohida ixlos va muhabbat bilan qaraydi. Lekin 20- asrning shoiri bo`lgani sababli unga demokratik ruh va ma’rifatparvarlik qarashlari har narsadan ustun turadi.
Jadid adabiyotimizni shakllanishida hissa qo’shgan Sidqiy Xondayliqiyning adabiy merosi insonni ma’nan yetuk, qalban pok bo`lishga chorlaydi. Sidqiy Xondayliqiyning yuksak axloq mezonlariga yo`g`rilgan hamda ilm-ma’rifatga da’vat etuvchi asarlarini o`rganish, adib asarlarini barkamol avlod tarbiyasida tutgan o`rnini belgilash adabiyotshunoslar oldidagi muhim masalalardan biridir.
Umuman olganda, Sidqiy Xondayliqiyning erk va ozodlikka chorlovchi faoliyati hamda ilmiy- ma’rifiy va axloqiy - ta’limiy asarlarining tadqiqi o`z ilmiy yechimini topishga mushtoqligi bitiruv malakaviy ishining dolzarbligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |