Sifat menejmenti fanida mustaqil ishi Qabul qiluvchi : Po'latov Shoxrux Shavkatovich mavzu: sifat menejmenti tizimlari reja


Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə3/5
tarix04.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#123806
1   2   3   4   5
Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari
Sifat tushunchasi va sifatga bo'lgan munosabat ko‘p asrlar
davomida shakllanib kelgan. Sifat umum ehtiyojlar va ishlab
chiqarish imkoniyatlarining о‘sib borishi va ulami qonoatlantirish bo‘yicha turli xil holatlarda rivojlangan.
Vaqt o'tishi bilan va xususan oxirgi o‘n yillikda sifatning
mohiyati va rivojlanish jarayoni, uning parametrlari va unga
yondashishlar hamda talablar keskin ravishda o‘zgardi.
Xalqaro ISO 9000 standarti lug'atida belgilanishicha, sifat - bu
mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan talablami yoki kutilayotgan ehtiyojlami qondirish xususiyatini anglatadigan tavsiflari yig‘indisidir.
Sifat - bu iste’molchi ehtiyojlarini qondirilishi.
Sifat - bu yuqori malakali xodimlar va yuqori texnologik
qurilmalar yordamida erishiladigan unumdorlik.
Sifat - bu ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi. Bu
ishlaming tez va aniq bajarilishi.
Sifat - bu faoliyatni optimallashtirilishi. Bu harakatlar
dasturiga rioya qilinishi, qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida
bajarilishi.
Sifat - bu rivojlanishning uzoq muddatli jarayoni.
Sifat - bu mablag‘ joylashtirilishi. Uzoq muddatli rejada
Ixtiyoriy ishni boshidanoq to‘g‘ri bajarilishi keyinchalik
nomuvofiqliklami bartaraf qilishdan arzon turadi.
Sifat menedjmenti tizimi - bu tashkilot sifat bilan bog‘liq
vazifalami hal qiladigan usuldir. Keng ma’noda u mahsulot sifati sohasida belgilan maqsadlarga erishish va iste’molchilar talablarini qanoatlantirish uchun qo‘llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarni qamrab oladi.
Sifat menedjmenti tizimi - u yoki bu faoliyat qanday va nima
uchun amalga oshirilishi, vazifalami hal qilish usullari va erishilgan natijalami qayd qilinishi bayoni masalalarini qamrab oladi.
Mahsulot” deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiy- lashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlami qoniqtirish uchun mo‘ljallanadi. Mahsulotlaming sifatiga e’tibor berish eramizdan avvalgi 2150-yillardan beri boshlab qayd qilingan. Bu davrda savdo-sotiq
aloqalari ma’lum hududlar chegarasidan chiqib, xalqaro miqyosda rivojlana boshlagan edi.
0‘troqchilik paydo bo'lishi bilan hamma uchun majburiy qoidalar ishlab chiqila boshladi, misol uchun Hindistonda “Xammurapi” kodeksi amalga kiritilgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlari majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan awalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari. Uning 229-moddasida qurilgan binolar buzilsa va bundan odamlar yarador bo‘lsa yoki buyumlarga zarar yetkazilsa, quruvchi jarimalarga tortilishi, biron odam o‘lga- nida esa qatl qilinishi belgilangan. Bunga o‘xshash qoidalar Finikiyaliklarda ham qo‘llanilgan: auditor (nazoratchi)ning sifat nazoratida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun qo‘li kesilgan.
Qadimgi Turkiyada podshoh Boyazid II Ixtisabining «Bursa»
qonunlarida sifatsiz tovarlar bo‘yicha jazolar belgilagan.
Xitoy imperatorlari, ishlab chiqaruvchi shaxsi va tovarning ke-
yingi harakati hamda qayerga ishlatilishi to‘g‘risida iz qoldirilishini ta’minlash maqsadida, ishlab chiqaruvchilardan o‘z mahsulotlariga muhr bosishlarini talab qilganlar. Agar tovar belgilangan talablarga javob bermasa, ishlab chiqaruvchi va sotuvchiga iqtisodiy jazo qo‘llanilgan. Bu o‘ziga xos standartlashtirishning ilk yorqin namunasidir.
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, mahsulotlaming sifatiga
bo‘lgan talablar faqat mahalliy aholi tomonidan ishlab chiqarilgan
tovarlarga emas, balki hamma uchun birdek amal qilardi.
Yillar, asrlar o‘tib insoniyat taraqqiy etishi bilan uning ehti yojlari ortishi talablar o‘zgarishiga olib kelgan. Sifat masalalariga haqiqiy e’tibor XIX asrdan shakllana boshladi. Bu davrdan boshlab ishlab chiqaruvehilar o‘z tovarlariga tovar belgisi qo'ya boshlashgan. Sifat tushunchasi biron bir hujjatga bitilganidan va qo‘llanila boshlanganidan so‘nggina standartlar kelib chiqa boshlagan.
Mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qancha tashab-buslar tovar ishlab chiqarish va savdo-sotiq rivojlanishi bilan olg‘a surilgan va hayotga tadbiq etila boshlagan. Biz ulardan biri - "sifat to‘garaklari"ni ko‘rib chiqamiz.
Sifat to‘garaklari ishchilar, muhandislar va xizmatchilardan
tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yig‘ilmalaridir. Ulaming soni va
tarkibi ishlab chiqarishning ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqqan.
Sifat to‘garaklari korxona xodimlari tomonidan o‘zlarining
maqsadlari va vazifalarini aniq bilishga sharoit yaratadi, xodimlarni mahsulotning sifatini yuqori darajada ta’minlashga safarbar qiladi.Sifat to‘garaklarining asosiy maqsadi sifatni yaxshilashning tub mohiyatini har bir xodimga yetkazish, texnologik jarayonlami takomillashtirish, mehnatni va ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan takliflarni joriy qilishdan iborat.
To‘garaklarda sifat nazorati sohasida ishlaydigan xodimlaming
malakasini oshirish, sifat nazorati usullarini targ'ibot qilish, har bir bo‘linma sex miqyosida sifat nazoratini takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishonchli va chidamliligini oshirish, yuqori sifatli buyumlami ishlab chiqarishni ko‘paytirish, kamchiliklarni va reklamatsiyalami bartaraf etish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish sur’atini ko‘tarish, resurslami tejamkorlik bilan sarflash kabi masalalar asosiy maqsad qilib belgilandi.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari o‘z mahsulotlarining sifa
tini oshirish uchun ma’lum tadbirlar, tajribalarga suyanib yutuqlarga erishgan.
Yaponiyada 60-yillarning boshida sifat to‘garaklariga alohida
e’tibor berila boshlangan.
Aholisi zich, o‘zining yer osti boyliklariga ega emas, sanoati asosan tashqaridan keltiriladigan xom ashyoga ixtisoslashgan, hududining 70 foizi tog‘liklardan tashkil topgan bu davlat
II-Jahon urushidan keyin o'zining ichki resurslami jalb qilishga majbur bo‘ldi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarilayotgan mahsulot ning sifatiga tubdan boshqacha talablami qo'yadi. Bu hozirgi vaqtda har qanday firmaning yashab qolishi, tovar va xizmatlar bozoridagi barqaror holati uning raqobatbardoshlik darajasiga ko‘ra belgilanishi bilan bog'liq. O 'z navbatida, raqobatbardoshlik ikkita ko'rsatkich - mahsulot narxining darajasi va sifatining darajasiga bog'liq bo'lib, bunda ikkinchi ko'rsatkich o 'z ahamiyatiga ko'ra mehnat unumdorligi, resurslaming barcha turlarini tejash ko'rsatkichlaridan o'zib ketib, asta-sekin birinchi o'ringa chiqmoqda.
Sifat raqobatbardoshlik omili sifatida butun milliy iqtisodiyotga tarqaladi. U resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulot sifati - bu korxona faoliyatining muhim ko'rsatkichi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin